So’nggi yangiliklar

19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  1 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  2 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  3 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  1 18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  3 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  1 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  8 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  2 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  6 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  0 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  2 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  4 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  2

Futbolda tarafdorlarning o'rni Yangiliklar

Futbolda tarafdorlarning o'rni

Sport turlari orasida eng ommabop va katta auditoriyaga ega bo'lgani futbol ekani shubhasiz.

XIX asrda Angliyada ixtiro qilingan oddiy o'yin XXI asrga  kelib milliardlab tarafdor to'plashga ulgurdi. Barcha sport turlarida bo'lgani kabi futbolning ham barcha ishtirokchilari inson ekan, unda psixologik omillar muhim bo'lib qolveradi. Afsuski, o'yin har qancha go'zal va jozibali bo'lmasin, salbiy jihatlari ham yo'q emas. Balki, futbolning eng katta muammosi fanatizm bo'lsa kerak. Mutaassiblar har erda bo'lgan, bo'ladi ham. Lekin, oddiy o'yinning unumi bazan haddan oshiq orttirib yuboriladi. Bazi o'rinlarda o'ylab qolasan, fanatlar futbolni din darajasiga chiqarishga ham ulgurdi. Futbol uchun qonlar to'kildi, jonlar berildi...

Mayli, bular o'z yo'liga. Keling, bugun futbolda muxlislikning ijobiy tomonlari haqida gaplashamiz. 

Tomoshabin va muxlislar  futbolning jozibasiga maydondagi o'yinchilardan kam hissa qo'shmaydi. Aksincha, maydondagi o'yinning surati ham tribunada o'tirgan ishqibozlarga bog'liqdir. Futbolchilar ham odam, ularning ham hissiyotlari bor. Muxlislarning madhiya va hayqiriqlari ularni hayajonlantirishi, rag'batlarntirishi va olg'a boshlashi mumkin. Noroziliklar va hushtakbozliklar esa o'yinchilarga ruhiy bosim o'tkazadi. Bunday holatlarda faqat eng professionallargina bir ritmda davom etishi mumkin, ruhiy holati kuchsizroq bo'lgan futbolchilar uchun o'yin muddatidan oldin yakunlanadi. 

O'zbek futboli haqida gap ketsa, muxlislar o'yin tempining pastligidan, o'yinning ko'rimsizligidan nolishini eshitib qolamiz. Aslida futbolning jozibasi muxlislarning qo'lida ekanini qarshilik, namaganlik, buxorolik muxlislar isbotlab bo'lishdi. O'yinchilar bo'm-bo'sh stadionda faqat 50% kuch bilan ham o'ynashi mumkin, ularni bor kuchini berishga murabbiy ham, jamoa rahbarlari ham majburlay olmaydi. Bu ish faqat muxlislarning qo'lidan keladi. (“Navbahor” klubining uy va safardagi o'yinlarini solishtiring. Bejizga muxlislar “lochinlar”ning eng yaxshi o'yinchisi deyilmaydi)

Futbol bahoriga oz muddat qoldi. SHu o'rinda muxlislarga bir iltimos bilan yuzlanmoqchimiz: keling, yangi mavsum startida stadionlarni imkon qadar to'ldiring, muxlislik qiling. O'yindan zavq oling, hordiq chiqaring, baqiring, mayli, kimnidir “shirin so'zlar” bilan siylang, lekin, keling. Unutmang, o'zbek futbolining chiroyi o'yinchilar, murabbiylar yoki hakamlardan ko'ra ko'proq sizga bog'liq. Siz futbolimiz uchun juda muhimsiz. SHunday ekan, keling, ko'ring va zavqlaning.

Faxriddin

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика