Futbolchining yoshi kichraytirilganmi yoki Asadovning asl yoshi nechchida?
07 apr 2014 14:49
Yangiliklar

Futbolchining yoshi kichraytirilganmi yoki Asadovning asl yoshi nechchida?
Futbol jamoatchiligida o'yinchilarning yoshi bir necha yoshga kichraytirilgani haqida norasmiy gaplar ahyon-ahyonda quloqqa chalinib turadi.
Darhaqiqat, aslida ham shunday deyish mumkin. Bu borada aniq nomlarni isboti bilan keltira olmasakda lekin shunday toifadagi yoshlarimiz yo'q emas. Yaqinda oliy liga klublarining ro'yxtadan o'tkazgan futbolchilariga birma-bir etibor qaratib chiqdim. SHunda o'tgan yili birinchi ligada to'purar bo'lgan Firdavs Asadovni joriy mavsum "Buxoro"ning ro'yxatidan o'tganini ko'rdim. Diqqatimni uning yoshiga qaratgan xolda, o'tgan yili "Spartak" safida o'ynagan futbolchining o'tgan mavsum nechchi yoshda zayavka bo'lganiyu ayni paytda nechchi yoshdaligi bilan qiziqdim. CHunki farq bor edi.
SHaxsan o'zim o'tgan yili Firdavs bilan suhbatlashganman. Kamgap va odob-ahloqi ijobiyligi bilan etiborimni tortgandi. Anchagina kamtar bo'lgan Asadov 17 yoshida o'zidan bir necha yosh katta bo'lgan yigitlarga qarshi o'ynash qiyin bo'lganini takidlab o'tgandi. SHunda unga nima uchun U-17 yoshlar jamoamizga Dilshod Nuraliev taklif qilmayotganini so'raganimda, bundan futbolchining o'zi ham hayron ekanligini, agarda taklif bo'lsa JCHda o'ynashni istayotganini bildirgandi. Lekin Nuraliev uni garchi birinchi liga to'purari bo'lgan ersada, mundialga olib ketmagandi. Jismonan ancha baquvvat bo'lgan Firdavs Asadovni buxoroliklar Karlos deb ataydi. Sababi uning ham oyoqlari braziliyalik Roberto Karlosniki singari katta. Xullas o'tgan yili 1996 yil bo'lib "Spartak" ro'yxatidan o'tgan bu futbolchi bu yil zudlik bilan 3 yoshga yana kattalashib qoldi. Gap shundaki Edgar Gess boshchiligidagi jamoadan Asadov 1993 yil bo'lib, himoyachi sifatida ro'yxatdan o'tgan.
SHu bois ko'pchilik Firdavsning asl yoshi nechchida ekanligi bilan qiziqishi tabiiy. Balki xujjatlarni rasmiylashtirilayotganda biroz tushunmovchilik bo'lgandir. Yoki haqiqatdan ham futbolchining yoshi urilgandir.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar