So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  6 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  17 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  406 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Futbolchilar qachon o'z "pikiga" chiqadi? The Athletic tadqiqot o'tkazdi Yangiliklar

Futbolchilar qachon o'z "pikiga" chiqadi? The Athletic tadqiqot o'tkazdi

Etiboringizga "The Athletic"ning futbolchilar qachon imkoniyatiga ko'ra eng yuqori darajasiga chiqishi borasidagi tadqiqot malumotlarini keltirib o'tamiz.

Tadqiqotchilar murakkab statistik ko'rsatkichlarga urg'u berishni xohlashmadi, chunki bu ancha qiyin va doim ham real kartinani ko'rsatib bera olmaydigan omil sanaladi. Ular asosiy etiborni futbolchilarning ampluasiga ko'ra so'nggi 10 yillikdagi o'yin amaliyoti (o'yin vaqti)ga qaratishdi.

Futbolchining individual "pik"idan kelib chiqsak, bu mantiqan unchalik ham to'g'ri emas. Tasodiflar juda ko'p, murabbiy omili, bundan tashqari, APL kabi chempionat vakillarida yana juda ko'plab mayda detallar mavjud. Misol uchun, Krishtianu Ronaldu faoliyatining eng yuqori cho'qqisini aniq aytish deyarli imkonsiz. 

23 yoshida ECHLda zafar quchganimi? 25 yoshda "Real"dagi birinchi mavsummi? 31 yoshdagi "Evro" g'olibligimi yoki 36 yoshda MYUga "kambek"mi? O'ylashimizcha, statistik, emocional va taktik jihatdan bu turli davrlar bo'ladi.



Biroq malumotlar oqimida o'yin amaliyoti (o'yin vaqti) eng maqul ko'rsatkichlardan biridek:

1. Murabbiylar asosiy tarkibga odatda eng kuchlilarni, yaxshi sport formasida bo'lganlarni qo'yadi. 

2. Niderlandiya, Daniya yoki Janubiy Amerikadan ko'ra, APL uchun bu usul ko'proq mos tushadi. Sababi aksariyat hollarda APLga futbolchilar malum darajaga chiqib, kuchga to'lgan davrda keladi va darhol natija berishi talab qilinadi. Boshqa Ligaga qayta sotish uchun yosh o'yinchilarni inglizlar odatda xarid qilishmaydi.

"Atletik"dagilar uzoq tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelishdi: darvozabon uchun - 28-29 yosh. Markaziy himoyachi uchun – 27-28 yosh. Qanot himoyachisi – 25 yosh va undan katta (undan kichik emasligi aniq). Markaziy yarim himoyachi ham 25+, Vinger xuddi hujumkor yarim himoyachilar kabi – taxminan 26 yosh, Markaziy hujumchi uchun "pik" esa – taxminan 27 yoshda. Juda qiziq-a, shunday emasmi?



Xo'sh, bu borada sizning fikringiz qanday? Ronalduning eng "zo'r davrlari" qachon bo'lgan? Boshqa futbolchilar borasida nima deya olasiz?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика