So’nggi yangiliklar

07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   3 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  12 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  28 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  418 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  3 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  8 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9

Futbol muxlislar uchun! Yangiliklar

Futbol muxlislar uchun!

Mana bugun orziqib kutilgan Oliy liga o'yinlariga start beriladi. Yurtimiz stadionlariga ana endi chinakamiga futbol bahori kirib keladi.

Har mavsum boshida barchamiz ushbu yili boshqacha chempionat ko'ramiz deb umid qilamiz. Bu tabiiy.

Umumiy olib aytganda, boshqacha dedim. Har doim chempionatimiz kamchiliklariyu, undagi minus holatlar haqida ko'p va xo'p gapiramiz. Tanqid qilishga ustamiz. OAV xodimlari ham, muxlislar ham tanqidni joyiga qo'yib qo'yamiz.
SHaxsan meni qiziqtirayotgan eng muhim jihat, bu stadionlarimizga keladigan  muxlislar tashrifi. Bu eng kerakli va og'riqli nuqtamiz.

Muxlislar jamoalaringizni qo'llab-quvvatlang!

Futbol bu muxlislar uchun. Futbolni eng asosiy jozibasi bu stadionga yig'ilgan ming-minglab muxlislardir. Agar stadionda muxlislardan ko'ra,  bo'm-bo'sh o'rindiqlar ko'p bo'lsa, unda har qanday bellashuv ham o'z jozibasini yo'qotadi. So'nggi yillarda yurtimiz stadionlarini muxlislar bilan to'lib-toshganini eslolmayman. O'sha biz bilgan vodiy va vohalik ishqibozlar ham o'z jamoalari o'yinida stadionlarni to'ldira olishmayapti. To'g'rirog'i, ularda bunga xohish yo'q. Qani o'sha biz bilgan 2000-2006 yillardagi ajiotajlar va futbol kuni stadiondagi  "probka"lar? Nahotki o'sha shirin damlarni ortga qaytarishni ilojisi bo'lmasa? Menimcha, bor. Ishontirib aytamanki, har bir futbolga befarq bo'lmagan muxlislar ham buni istashadi. Lekin ularni istagi haqida hech kim qayg'urmayotgani ularni yanada g'azablantirayotgandek, nazarimda. To'g'rida, futbol muxlisi ham barcha kabi ishlaydi. Ularni ham ish rejimi bor. Hamma o'z ishiga masuliyat bilan yondoshishi kerak. Nega stadionlarimizga muxlislar kirmay qo'ydi degan savolga bir nechta misollarni keltirish mumkin. Va ularni deyarli barchasi o'rinli.

Masalan:

1.Uchrashuvlar boshlanish vaqtlari.
2.Stadiondagi sharoitlar.
3.O'yinlar haqida reklamalar yo'qligi.
4.Klublar tomonidan muxlislar bilan ishlash uslubi yo'qligi.
5.Murabbiylar va futbolchilarni muxlislarga bo'lgan munosabati.

Aynan mana shu jihatlardagi xato va kamchiliklar ham stadionlarimizni ko'rimsiz bo'lib qolishiga sababdir.

1.Uchrashuvlar boshlanish vaqti har doim har xil vaqtda. Eng yomoni,  o'yinlar 18:00dan erta boshlanishi. PFL bu haqida yaxshigina bosh qotirib ko'rishi kerak. Davlat tashkilotlarida ish vaqti asosan 18:00 da tugaydi. Bazi joylarda 19:00 da. Bizda esa uchrashuvlarni asosan 16:00, 16:30, 17:00 va 17:30 boshlash urf bo'lib qolgan. Har qanday muxlis o'z ish vaqti tugamasidan turib, Oliy liga o'yinlariga bormasligi aniq. Yoz faslida o'yinlar asosan 18:00da boshlanadi. Yozdagi ob-havoni inobatga olib, kamida 19:00da belgilash maqsadga muvofiq bo'lardi. Bu muxlislar uchun eng qulay vaqt, nazarimda. Bizda yana shunday holatlar ham borki, bazida jamoalarning ketish reyslari va kimningdir shaxsiy ishi yuzasidan xohlagan payti o'yin vaqtini o'zgartirib qo'yaverishadi. Bunday holatlar juda ko'p uchragan. O'yinlarni boshlanish vaqtlari asosan o'yindan bir kun oldin aniq bo'ladi. Boshqa erlarda, xususan Evropada uchrashuvlarni boshlanish vaqti bir, ikki oy ilgari malum bo'ladi va shunga qarab barcha o'z ishlari tugatishga yoki rejalashtirishga harakat qiladi. Bu haqida yaxshigina o'ylab ko'rish zarar qilmaydi.

2.Stadiondagi sharoitlar haqida gapiradigan bo'lsak, poytaxt stadionlaridan tashqari, qolgan joylarda deyarli shart-sharoitlar yo'q. Futbol ishqibozlar uchun dam olish maskani ham hisoblanadi. U erda ko'pchilik ishdan chiqib boradi. Stadionga borgan muxlisni tamaddi qilgisi keldi, lekin stadionda bunga sharoit yo'q. Bu qanaqasi? Nahotki chiroylikkina qilib stadion burchaklarida  muxlislar uchun egulik va ichimlik sotadigan dastalarni tashkil qilish qiyin bo'lsa? Klublarimiz o'z yozuvlariga "Professional club" yozishdan avval mana shunday katta va kichkina detallarni inobatga olib, shu yozuvga monandmizmi, yo'qmi deb o'zlariga savol berishsin? Mamlakatamizda chinakamiga "Professional" klublar deyarli yo'q. Puli boru, lekin istagmi, xohishmi, yoki aqlmi bilmadim. Nimadir etishmaydida. Bu ishlar aslida kichikkina muammolar. Bularni barataraf etish mumkin va zarur. Lekin bizning klublardagi rahbarlar bunga etibor qaratishmaydi. Yozning jazirama issig'ida keladigan muxlis, tanaffus paytida chanqog'ini qondirish uchun nima qilishi kerak? To'g'ri aytasiz, o'yinni tugashini kutishi kerak. Lekin u xohlasa, tugamasidan avval ham ketivorishi mumkin. Bizda shunday odatlar bor, kichkina detallarni etibordan chetda qoldiramiz. Aslida esa aynan o'sha kichkina detallar katta bir muammoni keltirib chiqaradi. O'sha kichkina detallardagi etiborsizlikni deb, kichkina chempionatga aylanib bormoqda Oliy ligamiz.  

3.Yana bir og'riqli nuqtamiz bu reklama. Mana bugun Oliy ligamiz start oladi. Mamlakatimizning ettita burchagida katta futbol bayrami boshlanadi. Lekin bu haqida gazeta va saytlardan boshqa qaerda ko'rish yoki o'qish mumkin? Bu savol ham javobsiz qolishi aniq. Javobi bor, biz uchun urfga aylangan "yo'q" degan javob. 21 asrda yashayapmiz. Nahotki klublarimizni stadionga muxlislar keladimi yoki yo'q degan tashvish qiziqtirmasa. SHunisi aniqki, ular buning uchun harakat qilishayotgani yo'q. Fan-klub degani bu butun jamoa muxlislari degani emas. Nari borsa, 50-100tacha chiqadi o'sha fan-klub azolari. Mini-futbol turini bo'lagina boshqa gap edi. Mini-stadionni 100 taga yaqin muxlislar bilan “anshlag” qilvorsa. O'zi shundoq ham, muxlislar orasida hazil-aralash Oliy liga o'yinlarini futzal maydonlarida o'tkazilsa, zo'r “anshlag” bo'lardi degan gaplar uchrab turadi. Futbol saytlari va gazetalar orqali nari borsa 5000 tacha odam uchrashuvlar haqida malumot oladi. TV va radioni esa millionlab odamlar ko'radi va tinglaydi. SHahar ko'chalaridagi bannerlar orqali reklamalar ilish kerak. Bir hafta ilgari reklamalarni boshlash kerak. Bir kun qolganida emas. Asosiysi, reklamalar orqali muxlislarni jalb eta olish kerak. Harakat qilish kerak.

4.Futbol klublari va muxlislar o'rtasida do'stona aloqalar yo'lga qo'yilishi lozim. Ish uslubini yaratish kerak. Futbol rahbari muxlislarni tushuna olishi lozim. Buning uchun o'sha inson ham futbolni sevishi va muxlislar qatori kuyib-pishishi zarur. Klubdagi holatni muxlislar bilan bo'lishishi va kerakli yordamni ola bilishi kerak. Jamoa ishqibozlari va klub har doim bir-birini qo'llab-quvvatlashi lozim. Ana o'shanda tushunmovchiliklar kelib chiqishi kamayadi. Jahon futbolida bunday misollar juda ko'plab topiladi. Jamoaning har bir natijasidan so'ng, klub rahbariyatiga muxlislar bevosita murojaat qila oladi va kerakli yordamni so'rab ham oladi. Ishqibozlarni asosiy vazifasi bu o'z sevimlilarini og'ir paytda ham qo'llab turishi kerak. Buning uchun klub va muxlislar o'rtasida yaxshi bir uslub yaratilishi darkor. Umid qilamizki, yaqin orada bizda ham aynan shunday ish uslubini yarata oldigan klublar soni ko'payib qoladi.


Murabbiylar va futbolchilar orasida muxlislar talab va istagidan kelib chiqqan xolda harakat qiladiganlari barmoq bilan sanagulik. Bizda qaysi murabbiy har bir o'yindan keyin o'zi va futbolchilarini olib, muxlislar oldiga bora oladi? G'alaba qozonsa, bazi jamoalar o'z muxlislari oldiga borishadi. Kayfiyatga qarab. Lekin murabbiylar orasida shunaqalari bormi? Bordir, lekin sanoqli va ular bu ishni muntazam ravishda qilishmaydi. Havoga qarab ko'chaga kiyib  chiqiladigan kiyimdek. Jahon, xususan evropada har bir jamoa futbolchilari o'yin tugagach, natijadan qatiy nazar, o'z muxlislari oldiga borib minnatdorchiliklarini bildirishadi. Bu ham aslida haqiqiy professionallik. Men hali g'alaba qozonganidan keyin muxlislari bilan jamoa qo'shig'ini birga kuyladiganlar haqida aytmadim. Bizda bunaqasi bo'lishi juda ham qiyin masala. O'yindan so'ng, bizning futbolchilar kiyinish xonasiga oshiqishadi. Agarda jamoasi yutqazib qo'ysa, tezda maydonni tark etishadi. Qani muxlislarga minnatdorchilik, qani ularni kelganiga rahmat. Futbol bu muxlislar bilan futbol! Ularsiz har qanday mega-yulduz ham hech kim. Bazida o'yinchi almashtirilganidan so'ng, muxlislar uni olqishlashadi. Javoban futbolchidan  qandaydir javob kutishadi. Bazi birlari bu holatga etiborsizlik bilan qaraydi. Bunday futbolchilarni professional demagan bo'lardim. Bizning futbolchilar ham mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilishni, mag'lubiyatdan so'ng, bu haqida bosh qotirishni o'rganishsin. Nega bunday bo'ldi, qaerda xato qildim degan savollarni o'zlariga berishsin. O'yin tugagach, o'yinni esdan chiqarib yubormasdan, kerakli xulosalarni olishsin. Muxlislar oldiga borib, minnatdorchilik bildirishsin, to'g'ri ularni ichida ayrimlari bo'ladi, so'kadigani, tergaydigani. Bu futbolning yozilmagan qonunlaridan biri. Futbolchi chidashi kerak. Ortiqcha hissiyotlarga berilmay, to'g'ri qabul qilishi kerak. Muxlislar ham kuyunganidan, ichi achiganidan gapiradi. Futbolchilarimizda sodiqlik degan tushunchasi kamayib ketdi. Ko'pchilik futbolchilar deyarli Oliy ligamizning barcha jamoalari safida to'p tepib chiqishdi, chiqishmoqda. Bu borada yaqinda rekord qo'ysak ajab emas. Futbolchilar sodiq emas, sobiq bo'lib tanilishmoqda. O'z jamoasiga sodiq futbolchilar ko'payaversin!

Klublarimiz, murabbiylar va futbolchilarimizdan ushbu yangi mavsumda yaxshi, chiroyli va qiziqarli bellashuvlarni kutib qolamiz! Futbolimizda hozir yangi avlod vakillari shakllanib borishmoqda. Ushbu mavsumda Oliy ligamizda yana bir nechta yangi nomlar, yangi kashfiyotlar paydo bo'lishi kutilmoqda. Barcha-barchaga omad va zafarlar tilab qolamiz! Yaxshi va yorqin o'yinlar bilan o'z muxlislaringizni xursand etishdan charchamang! Futbolimiz esa rivojlanishda yangi bosqichga o'tib, yangi-yangi marralar sari dadil qadamlar tashlasin!  

SHu o'rinda muxlislardan iltimos, keling yangi mavsumni yaxshi niyatlar bilan boshlaylik! Yurtimiz stadionlari Sizlar bilan go'zal va jozibalik ko'rinish oladi! Futbolchilarimizni, klublarimizni har qanday vaziyatda yolg'izlatib qo'ymaylik! Ularga aynan Sizning ko'magingiz zarur! Oliy liganing 1-turida barcha stadionlar muxlislar bilan to'lib-toshibdi degan gap butun O'zbekiston bo'ylab duv-duv gap bo'lsin! Yangi futbol bayramini bayramdek bo'lishi avvalo Sizlarga bog'liq!

SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика