So’nggi yangiliklar

16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  0 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  3 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  16 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  5 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  14 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  9 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1

Futbol javohiri - “Aspire” Yangiliklar

Futbol javohiri - “Aspire”

Teglar :  Aspire
17 yanvar kuni hamkasblar va o'zbekistonlik muxlislar bilan “Aspire” akademiyasida bo'lib o'tgan Sankt-Peterburgning “Zenit” hamda Qatarning “Lahviya” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun bordik.

O'yin haqidagi maqolani etiboringizga havola etgan edik. Bugun esa akademiya haqida so'z yuritmoqchimiz.

“Aspire” akademiyasi Qatar poytaxti Dohaning Al-Vaab tumanida joylashgan, umumiy maydoni 250 gektarni tashkil qiladi. Dunyodagi eng katta va eng boy ushbu akademiya bor yo'g'i 20 oyda qurib bitkazilgan. Qurilish jarayonida ettita qurilish kompaniyasi 24 soat ishlagan.


Akademiyada 14 ta futbol maydoni, 40 ga yaqin turli sport turlariga mo'ljallangan maydonlar mavjud. Ko'plab sport turlari bilan shug'ullanish uchun sharoitlar yaratilgan bo'lishiga qaramay akademiyaning o'zi asosan futbol, engil atletika, stol tennisi, suzish, gimnastika va qilichbozlik sport turlariga yo'naltirilgan. Akademiyada Olimpiada o'yinlari talabiga javob beradigan suv havzasi ham bor. Akademiya hududida sport laborotoriyasi ham faoliyat yuritadi.


Bu erda dunyoning turli mamlakatlaridan 100 dan ortiq murabbiylar yoshlar uchun mashg'ulot o'tkazishadi. Har bir sport turiga qarab murabbiy olib kelingan. Misol uchun stol tennisi uchun Xitoy va Singapurdan, futbol uchun Gollandiyadan murabbiylar olib kelingan.


Akademiyadagi bolalarni ruhlantirish, ulardagi g'oliblikka bo'lgan intilishni oshirish maqsadida mashhur jamoalarning aynan shu erda yig'in o'tkazishiga qulay sharoitlar yaratib berilgan. Bu erda yaqindagina Germaniyaning “Bavariya”si yig'in o'tkazib ketgan bo'lsa, ayni paytda Rossiyaning “Zenit” jamoasi mashg'ulotlar va o'rtoqlik o'yinlari o'tkazmoqda. Fevral oyida Ispaniyaning “Barselona” klubi ham “Aspire”da yig'in o'tkazadi.


Umuman olganda Doha Evropaning “yirik” jamoalari yig'in o'tkazishi uchun ideal joy. Yaxshi sharoit, qulay ob-havo, muxlislardan holi maskan. Albatta, o'zbekistonlik muxlislar nazorat o'yinida ham ajoyib tarzda har ikki jamoani qo'llab turish mumkinligini ko'rsatib berishdi.


“Aspire” akademiyasi bilan to'liq tanishib chiqish uchun bir kun sarflashga to'g'ri keladi, afsuski bizda bunday imkoniyat bo'lmadi. Akademiyaning yaqinida mehmonxona ham bor, yig'in o'tkazish uchun kelgan jamoalar o'sha mehmonxonaga joylashadilar.


VIDEO

TAS-IX emas


Mashg'ulot paytida ham barcha xizmatlar yo'lga qo'yilgan, hammasi alo darajada. Sportchilardan faqat shug'ullanish talab etiladi xolos.
Bu futbol javohiri bo'lgan “Aspire” akademiyasi haqida sizga ilinganlarimiz edi.

Tolibjon Qosimov
Doha, Qatar


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика