So’nggi yangiliklar

18:16Суперлига. "Сўғдиёна" - "Нефтчи". Таркиблар маълум  0 18:00Суперлига. "Машъал" – "Бухоро". Таркиблар маълум  0 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  1 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  1 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  4 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  6 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  41 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  11 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  19 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  11 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3

Dohada "Paxtakor" vakili "Aspire" mutaxassisi bilan uchrashdi Yangiliklar

Dohada "Paxtakor" vakili "Aspire" mutaxassisi bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, kecha "Paxtakor" jamoasi OCHL doirasidagi "Al Sadd"ga qarshi o'yin o'tkazish uchun Qatarning Doha shahriga etib kelgandi.

Bugun OCHL 4-tur doirasidagi "Al Sadd" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan o'yinoldi rasmiy tadbirlar o'tkaziladi.

Doha vaqti bilan soat 11:00da  "Paxtakor" va "Aspire" vakili, Qatardagi barcha futbol maydonlariga javobgar mutaxassis o'rtasida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvni tashkil etishda "Paxtakor"ga Qatarda faoliyat ko'rsatayotgan o'zbekistonlik tajribali futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev ko'maklashdi.

Unda "Paxtakor" klubi tomonidan Dohaga olib kelingan jamoa maydonlari sifatiga javobgar bo'lgan mutaxassis Denis An ishtirok etdi. "Al Sadd" jamoasining "Jassim Bin Hamad" nomli stadionida o'tgan uchrashuv davomida Denis An "Aspire Sports Turf" futbol maydonlari bo'yicha etakchi maslahatchi mutaxassisi Rodney Rayner bilan tajriba almashdi. Maydon holatlarini qay tariqa ideal sifatda ushlab turish, uni qaysi sharoitlarda qanday parvarishlash, qancha hamda qachon sug'orish va hokazo bo'yicha tegishli maslahatlarni olindi.


Eslatib o'tamiz, OCHL 4-tur doirasidagi "Al Sadd" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan rejalashtirilgan o'yinoldi rasmiy tadbirlar Toshkent vaqti bilan soat 18:00da, Dohadagi mahalliy vaqt bo'yicha esa 16:00dan start olishi ko'zda tutilgan. Mazkur tadbirlar, matbuot anjumanlari haqida saytimiz orqali xabar beramiz.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика