Futbol faxriysi Evgeniy Valickiy 97 yoshni qarshi oldi
15 jan 15:30
Yangiliklar
Futbol faxriysi Evgeniy Valickiy 97 yoshni qarshi oldi
Evgeniy Valickiy 1929 yil 15 yanvar kuni Toshkentda tug'ilgan. Valickiy 1947-1954 yillarda Toshkentning "Trud" va "Spartak" jamoalari safida to'p tepgan. Shuningdek, 1955-1957 yillarda Toshkentning "Krilya Sovetov" va "Burevestnik" jamoalarida ham o'ynagan.
Futbolchilik faoliyati bilan bir qatorda, u SSSR, O'zbekiston va Rossiya jamoalarida murabbiy bo'lib ishlagan. Bundan tashqari, O'zbekistoning bir qator jamoalari: "Andijon", "Neftchi", "Paxtakor", "Navbahor", "Do'stlik" va "Metallurg"da faoliyat olib borgan.
1962 yil Toshkentning "Sokol" jamoasi bilan Jismoniy tarbiya jamoalari o'rtasida SSSR Kubogi, 1963 yil Umid Kubogini qo'lga kiritgan va Ikkinchi liga mintaqaviy turnirida 5 marta g'olib bo'lgan.


Bugun O'zbekiston futbol associaciyasida Evgeniy Valickiy sharafiga tadbir tashkil etildi. Unda O'FA rahbariyati, faxriy futbolchilar va murabbiylar so'zga chiqib Evgeniy Valickiy faoliyatini esga olishdi va uning fidoyiligi, sadoqatini yuksak etirof etdilar.
Tadbir yakunida Evginiy Valitskiyga minnatdorchilik ramzi sifatida esdalik sovg'alari topshirildi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar