So’nggi yangiliklar

01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  1 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1

“Futbol do'stlik uchun” loyihasi davom etmoqda Yangiliklar

“Futbol do'stlik uchun” loyihasi davom etmoqda

SHu yilning 26 iyun kunidan boshlab Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bolalar futboliga bag'ishlangan dunyodagi eng yirik loyihalardan biri – Football For Friendship (“Futbol do'stlik uchun”) turnirining final bosqichi bo'lib o'tmoqda.

“Gazprom” kompaniyasi hamda FIFA hamkorligida o'tkazilayotgan ushbu loyihaga asos solinganiga 5 yil bo'lgan. Bu yil loyihada 64 mamlakatning yosh futbolchilari ishtirok etmoqda, ular orasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi ham o'z vakillari bilan qatnashyapti.

Bugungi kunda Sankt-Peterburg shahrida O'zbekiston Futbol Federaciyasi texnik direktori SHavkat Imomov boshchiligidagi delegaciya loyiha doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda.



Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Ilyos Ahmedov loyihaning futbol turnirida “Yashil do'stlik jamoasi”da O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan bo'lsa, loyihaning yosh jurnalistlarga bag'ishlangan qismida Xalqaro bolalar matbuot markazida Amir SHaripov tabdirlarni yoritish ishlari bilan shug'ullanmoqda.



Qayd etish joiz, hozirda futbol bo'yicha Konfederaciyalar Kubogiga mezbonlik qilayotgan Sankt-Peterburg shahri butkul futbol bilan yashamoqda. SHahar bo'ylab muxlislar uchun bir necha maxsus hududlar (fan zonalar) ajratilgan bo'lib, bu erga tashrif buyurgan kishi nafaqat Konfederaciyalar Kubogi, balki “Futbol do'slik uchun” loyihasining ham havosini his qilmoqda.

26–29 iyun kunlari yosh futbolchilar asosan qura orqali aniqlab olingan jamoalari tarkibida mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Qayd etish kerak, Ilyos Ahmedov “Yashil do'stlik jamoasi” tarkibidagi yagona darvozabon hisoblanadi. 1 iyul kuni bo'lib bo'lib o'tadigan turnirning asosiy o'yinlari oldidan uning masuliyati yuqori bo'lib turibdi. Amir ham bugunga kelib o'z maqolalari uchun malumotlar yig'ishga zo'r bergan.

Bir necha kunlik jamoaviy mashg'ulotlardan so'ng, loyiha tashkilotchilari ishtirokchilarga 30 iyun kuni madaniy xordiq chiqarish uchun keng sharoit yaratib berishdi. Jumladan, barcha delegaciyalar qatorida O'zbekiston delegaciyasi ham Rossiyaning eng qadimiy shaharlaridan biri bo'lgan Sankt-Peterburgning bir qator diqqatga sazovor joylarida bo'lishdi.  Bular qatoriga shaharning tarixiy qismi markazida joylashgan “Petropavlovsk qo'rg'oni” uyushtirilgan sayohat loyiha ishtirokchilari ajoyib taassurot qoldirdi.



Endilikda, loyiha o'zining hal qiluvchi pallasiga kiradi. 1 iyul kuni futbol turniri bo'lib o'tadi, 2 iyul sanasida esa loyiha doirasida Xalqaro bolalar forumi bo'lib o'tadi. Bundan tashqari, shu kuni ishtirokchilar “Sankt-Peterburg Arena” stadionida bo'lib o'tadigan Germaniya – CHili final uchrashuvini bevosita o'yingohdan turib kuzatishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика