Franciya U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston qanday o'yin namoyish etishini bilmayman"
23 noy 2023 23:51
Yangiliklar
Franciya U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston qanday o'yin namoyish etishini bilmayman"
"O'zbekiston qanday o'yin namoyish etishini bilmayman. Ular biz uchun yangicha jamoa sanaladi. O'zbekiston Angliyani mag'lub etgan bo'lsa, bu ularning kuchli jamoa ekanligidan dalolat beradi. Bo'lajak raqibimiz ishtirokida o'yinlarni tomosha qilyapmiz.
Senegalga qarshi o'yinda nazoratni qo'lga olganimizga qaramay, to'pni ko'p marotaba yo'qotdik. Keyingi bellashuvda bunday holatga yo'l qo'ymasligimiz shart.
Uchrashuvda har qanaqa vaziyat bo'lishi mumkin. SHu bois, mashg'ulotlarda har qanday scenariydagi holatga tayyorgarlik ko'ramiz", - dedi Vannuki.
Eslatib o'tamiz, U-17 jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan Franciya — O'zbekiston uchrashuvi 25 noyabr kuni o'tkaziladi.
Avvalroq francuzlarning turnirdan chetlatilishi mumkinligi to'g'risida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar