So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

Franciya futbol federaciyasi vakillari O'zbekistonga tashrif buyurishadi Yangiliklar

Franciya futbol federaciyasi vakillari O'zbekistonga tashrif buyurishadi

Franciya futbol federaciyasi vakillari O'zbekistonga kelishadi.

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 23 yanvar kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Parijda Franciya futbol federaciyasi mutassaddilari bilan uchrashib,yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha o'zaro hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishgandi.

Jumladan, Franciya futbol federaciyasi Prezidenti mahkamasi boshlig'i Janob Kenni Jan Mari uchrashuv davomida bolalar futboli bo'yicha franciyalik mutaxassislarni O'zbekistonga olib kelish, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Franciya jamoalariga jalb qilish, Superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish faoliyatini Evropa andozalari asosida yo'lga qo'yish maqsadida klublar bosh direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba o'rganishga yuborish masalalari muhokama qilingandi.

Bundan tashqari, shu yilning aprel – may oylarida Franciya futbol federaciyasi vakillari yurtimizga tashrif buyurishi ko'zda tutilgani malum qilingandi.

Ana o'sha kelishuvga ko'ra, shu yilning 14 mart kuni Franciya futbol federaciyasi vakillari Janob Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu yurtimizga tashrif buyurishadi. Ular Superliga klublarining marketing bo'yicha mutaxassislari ishtirokidagi seminarlarida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashib, klublarimizning marketing bo'yicha faoliyatini samarali yo'lga qo'yishga yordam berishadi. SHuningdek, bolalar futboli murabbiylari va selekcionerlar ishi bilan yaqindan tanishib, ularga amaliy maslahatlar berishi ko'zda tutilgan.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика