So’nggi yangiliklar

16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  18 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0 09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  4

Fozil Musaev: "Turon" Superligada kuchli uchlikka kirishni maqsad qilgan" Yangiliklar

Fozil Musaev: "Turon" Superligada kuchli uchlikka kirishni maqsad qilgan"

"Turon" jamoasi qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibini bir nechta tajribali futbolchilar hisobiga kuchaytirmoqda.

Ko'pchilik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Fozil Musaev ham yangi mavsumni yaypanliklar safida boshlaydi. Bugun bo'lib o'tgan AGMKga(1:1) qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng yarim himoyachining fikrlari bilan qiziqdik.

"Turon"ga o'tishim ko'pchilik uchun kutilmagan bo'lishi mumkin. Lekin, men buni normal holat sifatida qabul qildim. O'z maqsadlariga ega klub. Garchi, Superligada debyut qilayotgan bo'lsakda turnir jadvalida kuchli uchlikka kirish vazifasi qo'yildi. Ko'pchilik ishonmasligi mumkin. Mavsum yakunida nima bo'lishini ko'ramiz. 

Klubning oldiga qo'ygan maqsadi, futbolchilarga yaratib berilayotgan sharoitlar, murabbiylar shtabi, tashkiliy ishlardagi proffessionallik kabi omillar bu jamoani tanlashimda muhim ahamiyat kasb etdi. 

"Hokim kubogi"da jamoa safida maydonga tushdim. Biroq, jarohat oldim. Dastlab, boshim yorildi. So'ng oyog'im lat edi. Umuman olganda moslashish qiyin bo'layotgani yo'q. CHempionat bahslari boshlanguniga qadar vaqt bor. SHu bois tiklanishga ulguraman, deb o'ylayman",- deydi Musaev.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика