So’nggi yangiliklar

00:12Швеция термасини инглиз мураббийи бошқаради  0 00:10Суперлига. "Андижон" – "Шўртан" 4:3  0 23:54Иван Бошкович: "Ҳозир саккизинчи ўриндамиз, лекин мақсадимиз юқорироқда. Бунинг учун ҳаракат қиламиз"  3 23:18Февзи Давлетов: "Ўйинга қайтишимиз учун гол етишмади"  6 22:56Максим Шацких: "Мен доим бир гапни айтаман: биз мухлислар учун ўйнаймиз"  4 22:44Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Рустам Ашурматов тўлиқ ўйнади  0 22:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" дуранг ўйнади, жамоа кетма-кет учинчи ўйинда ғалаба қозона олмади  3 21:52Асрор Алиқулов: "Қўлдан келганча ҳаракат қилдик"  4 21:21"Бундай ҳолатлар Спорт арбитраж судида нормал амалиёт сифатида қабул қилинади" - ЎФА расмий баёнот билан чиқди  6 21:10Суперлига. "Машъал" – "Хоразм" 0:3  0 21:08Суперлига. "Сўғдиёна" "Сурхон"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  9 20:47Отабек Нарзуллаев: "Футболни жон койитиб ўйнамасангиз, ким сизга уч очко беради"  0 20:31Суперлига. 7 та ҳисобланган ва битта инобатга олинмаган гол ҳамда самарасиз пенальти: "Андижон" "Шўртан"ни мағлуб этди  29 20:13Ҳаким Фузайлов: "Кураш ҳали тўхтагани йўқ"  1 19:42Ямал бепул дастхатлар беришни тўхтатади  5

Fozil Musaev: "Faoliyatimni qaerda davom ettirishimni vaqt ko'rsatadi. Milliy terma jamoa haqida fikr bildira olmayman" Yangiliklar

Fozil Musaev: "Faoliyatimni qaerda davom ettirishimni vaqt ko'rsatadi. Milliy terma jamoa haqida fikr bildira olmayman"

Yaponiyaning "Jubilo Ivata" klubida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Fozil Musaevning jamoasi bilan shartnomasi yakuniga etish arafasida.

Xo'sh, o'zbekistonlik futbolchi faoliyatini qaerda davom ettiradi? Uning terma jamoamiz haqidagi fikri qanday? Yaponiyada o'zbekistonlik futbolchilarga qiziqish qanday? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Fozil Musaevga yuzlandik.

- SHartnomangiz yakuniga etmoqda. Umuman olganda siz Yaponiya futboliga, mahalliy odatlarga, ichki chempionatga moslashib ulgurgansiz. Demak, faoliyatingizni qolgan qismini Yaponiyada davom ettirasiz...

- Ochig'i bilmadim. Faoliyatimni bu erda davom ettiramanmi yoki boshqa chempionatdami buni vaqt ko'rsatadi. CHunki shartnomam yilning oxirida tugaydi. Bu erda qolish niyatim bor. Lekin aytganimdek hammasi fursatga bog'liq. Hozirda chempionat bahslari davom etmoqda. Mavsum 21 dekabr kuni tugaydi. Balki shu erda qolishim mumkin. Biror narsa deya olmayman.

- O'zbekiston milliy terma jamoasining Suriya va Iroq terma jamoalariga qarshi kechgan o'yinlari sizda qanday fikr uyg'otdi?
- Men bu haqida gapirishni istamayman. Juda ko'p fikrim bor, lekin gapirishni xohlamayman. Aytganim bilan hech narsa o'zgarib qolmaydi-ku. Hozirda faqat O'zbekiston fuqarosi sifatida muxlislik qilaman va terma jamoaning navbatdagi o'yinlarida omad tilab qolaman.

- Yaponiya chempionatida o'zbekistonlik futbolchilarga bugungi kunda qiziqish va munosabat qanday? Bundan bir necha yillar oldin "Sanfrechche Xirosima" klubi Igor Sergeevga qiziqish bildirgan edi...
- To'g'risi bu borada endi eshitmoqdaman. Lekin bu erda o'zbekistonlik futbolchilarni yaxshi bilishadi, tanishadi. Hurmat yaxshi darajada. Lekin aynan qaysi futbolchiga qiziqish bildirishgani haqida xabarim yo'q.

- Fikrimcha, Yaponiya klublari jismoniy jihatdan baquvvat bo'lgan futbolchilarga etibor qaratishadi...
- Futbolchining texnik, taktik va tezlik kabi hislatlariga asosiy urg'u berishadi. To'g'ri, jismoniy holat ham muhim rol o'ynaydi bu erda.



- O'zbekistonda oxirgi marotaba "Nasaf" jamoasida o'ynadingiz. Ayni paytda mazkur klub o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan Superligada ikkinchi o'rinda ketmoqda. Bu sizni quvontirayotgani tabiiy...
- "Nasaf" ishtirokidagi uchrashuvlarni iloji boricha qoldirmasdan ko'rib boraman. Tarkibdagi ko'p futbolchilar akademiya tarbiyalanuvchilari sanaladi. Ularning hozirgi egallab turgan o'rnidan xursandman. Bu yil "ajdarlar" ikkinchi o'rin bilan mavsumni yakunlaydi degan umiddaman. Dekabr oyida bo'lib o'tadigan kubok bahslarida ham muvaffaqiyat tilayman.

- CHempionatimizdagi aksariyat klublar faqat bugun bilan yashamoqda, kelajak uchun hech narsa qilayotgani yo'q. "Nasaf" esa malum vaqt pastki o'rinlarda yurdi, mana joriy mavsumda sovrindorlar qatorida joy olishga yaqin turibdi...
- Har bir klub o'z akademiyasiga ega bo'lishi kerak. Lekin ko'p jamoalarda o'z akademiyasi yo'q. Bu nima bilan bog'liqligini bilmayman. Balki moliyaviy holat bunga imkon bermas. Akademiya bo'lishi shart deb hisoblayman.

- Yoshlar terma jamoamiz mart oyida yurtimizda o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etishadi. Siz o'z vaqtida bu bosqichni muvaffaqiyatli bosib o'tgansiz. Ahmad Ubaydullaev murabbiyligida yoshlar terma jamoamiz 2008 yil Osiyo chempionatida yarim finalda Janubiy Koreyani mag'lub etgan edi. O'sha musobaqadan qanday xotiralar qolgan va bo'lajak turnirda qatnashadigan yosh futbolchilarimizga qanday tavsiya va maslahatlar berasiz?
- Haqiqatdan ham Ahmad aka yaxshi futbolchilarni tarbiyalash bilan birga ahil jamoa shakllantira olgan edi. Faqat va faqat yorqin xotiralar qolgan. O'sha terma jamoada o'ynagan yigitlar katta futbolda ham o'z o'rnini topib keta oldi. Qaysidir manoda omad ham biz tomonda bo'lgan. Yoshlarimizga omad yor bo'lishini istayman. Nasib qilsa kamida finalga qadar etib borib mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishsa bundan barchamiz xursand bo'lar edik.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика