So’nggi yangiliklar

12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  1 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  6 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  5 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  2 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  13 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  15 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (20-11 o'rinlar) Yangiliklar

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (20-11 o'rinlar)

Jahon va Osiyo futbolini muntazam yoritib boruvchi saytlardan biri Fourfourtwo.com 2017/18 yilgi mavsum bo'yicha Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisi nomini malum qildi.

Quyida 20-11 o'rinlarni keltirib o'tamiz.

#20. Kvon CHang Xun (J.Koreya)
Klubi: "Dijon" (Franciya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 23
Futbolchiga tarif: 2017 yilning yanvarida Franciyaning "Dijon" klubiga yo'l olgan yarim himoyachi shundan beri mazkur jamoada o'ynab kelmoqda. Unga yangi muhitga moslashib olish uchun atigi bir mavsum kerak bo'ldi. Kvon CHang Xun hujumni boshlash va yakunlashda juda faol. U jahon chempionatida ham o'zini ko'rsatmoqchi.


19. Takashi Inui (Yaponiya)
Klubi: "Eybar" (Ispaniya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 29
Futbolchiga tarif: Avvaliga "Boxum" va "Ayntarxt"da o'ynagan yaponiyalik futbolchi keyinchalik Ispaniyaga ko'chib o'tdi va "Eybar" bilan shartnoma tuzdi. U 2015 yilning yozidan beri "Eybar"da o'ynab kelmoqda. U o'tgan yil "Barsa"gol urgan yaponiyalik ilk futbolchi aynan Inui bo'ldi.


#18. Ku Ja CHol (J.Koreya)
Klubi: "Augsburg" (Germaniya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 29
Futbolchiga tarif: Ku Ja CHol endigina 29 yoshga to'ldi, lekin biz uni xuddi 10 yildan beri bilamiz. Uning Germaniyaga ketganiga 7 yil bo'ldi. To'g'ri, jarohati sabab bir nechta o'yinlarni o'tkazib yubordi, ammo shunga qaramay Osiyoning eng yaxshilaridan biri bo'lib turibdi. 


#17. Yuya Kubo (Yaponiya)
Klubi: "Gent" (Belgiya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 24
Futbolchiga tarif: Belgiyada o'ynayotgan eng kuchli osiyolik futbolchilardan biri. Avvaliga SHveycariyaning "Yang Boyz" klubida o'ynagan futbolchi keyinchalik "Gent"ga ko'chib o'tdi. U yangi jamoasida dastlabki ettita o'yinda 5ta gol urdi. Bu hujumchining ham jahon chempionatida ishtirok etishi kutilmoqda.


#16. Makoto Xasebe (Yaponiya)
Klubi: "Ayntraxt" (Germaniya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 34
Futbolchiga tarif: 34 yoshli futbolchi 2008/09 yilgi mavsumda Bundesliga chempioni bo'lgan. U hozir 34 yoshda, shunga qaramay bir tekis o'yin ko'rsatib kelmoqda. Xasebe JCH-2018ga boradigan bo'lsa, bu uning faoliyatidagi uchinchi mundial bo'ladi. Negaki u 2010 va 2014 yilgi musobaqada qatnashgan.


#15. Yoshinori Muto (Yaponiya)
Klubi: "Maync" (Germaniya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 25
Futbolchiga tarif: Germaniyada muvaffaqiyatli to'p surayotgan yapon futbolchisi har qanday sxemada o'ynab keta oladi. Hozir "Maync" 3-1-4-2 taktikasi bo'yicha o'ynayapti va Muto bemalol o'zini ko'rsatmoqda. U "Maync"ga kelganidan beri jami 29ta gol urishga erishdi. 

 
#14. Umar Al Soma (Suriya)
Klubi: "Al Ahli" (S.Arabistoni)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 28
Futbolchiga tarif: Agar hammasi yaxshi yakun topganida Al Soma jahon chempionatiga borishga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lardi. Lekin Suriya o'tish o'yinida Avstraliyaga yutqazib qo'ydi. Suriyalik hujumchi tez-tez jarohat olib turadi. Ammo maydonga tushsa juda xavfli hujumchiga aylanadi. Uni muxlislar erkalab "Osiyo Drogbasi" deyishadi.


#13. Ki Sung Yong (J.Koreya)
Klubi: "Suonsi" (Angliya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 29
Futbolchiga tarif: Zamonaviy yarim himoyachilardan biri. Jarohatidan tuzalib qaytgach yana "Suonsi"ning eng etakchi futbolchisiga aylandi. U allaqachon Janubiy Koreya terma jamoasida 100ta o'yinda maydonga tushishga ulgurgan. SHu yilning yozida "Milan"ga ko'chib o'tishi kutilmoqda.


#12. Vu Ley (Xitoy)
Klubi: "SHanxay SIPG" (Xitoy)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 26
Futbolchiga tarif: Vu Ley deyarli har yili to'purarlik qobiliyatini namoyon etib kelmoqda. U terma jamoasining ham asosiy hujumchisi hisoblanadi. Vu bu mavsum to'rtta o'yinda 8ta gol urdi. Ko'pincha murabbiylar uning kayfiyatiga qarab yarim himoyachilarni tanlashadi.


#11. Xiroki Sakay (Yaponiya)
Klubi: "Marsel" (Franciya)
Ampluasi: Himoyachi
Yoshi: 28
Futbolchiga tarif: Yaponiyadan dastlab Germaniyaga yo'l olgan futbolchi keyinchalik Franciyaga ko'chib o'tdi. Sakay juda kuchli qanot himoyachisi. Undan o'tib ketish deyarli imkonsiz. U kerak bo'lsa chap qanotda ham o'ynay oladi. Qolaversa uning "Marsel"dek nomdor jamoada o'ynayotgani bejiz emas.


Top-10ni kuting...

X.Xoliqov tayyorladi. 

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (50-41 o'rinlar)

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (40-31 o'rinlar)

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (30-21 o'rinlar)


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика