So’nggi yangiliklar

23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10

FOTOMAQOLA. O'FF 2017 yilning eng yaxshilarini taqdirladi Yangiliklar

FOTOMAQOLA. O'FF 2017 yilning eng yaxshilarini taqdirladi

Teglar :  O'FF
Kecha O'zbekiston futbol Federaciyasi 2017 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazdi.

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida bo'lib o'tgan marosimdan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz. To'liq galereyani esa saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri.


Marosimga tashrif buyurganlarni kutib olgan "malikalar".


Rahbarlar.


Tadbirda mana shu suratdagi insonlardan ikki nafari taqdirlandi.


Marosim boshlovchilari Davron Fayziev va Nigora Karimboeva.


Tadbir boshlovchilarining navbatdagi juftligi Davron Kabulov va Nilufar Sotiboldieva.


"Sabo" raqs ansambli vakilasi.


"O'zbek futboli rivojiga hissa qo'shayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy" yo'nalishida "Paxtakor" ustozi SHota Arveladze g'olib deb topildi. Sovrinni klub bosh direktori Dmitriy Adisman qabul qilib oldi.


O'zbek teatr va kino sanatining tirik afsonasi Yodgor Sadiev "Yoshlar ligasi g'olibi" sovrinini "Bunyodkor" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudovga topshirdi.


"Eng yaxshi futbol akademiyasi" sovrini "Nasaf" akademiyasi direktori ukrainalik Sergey Kucherenko qabul qilib oldi.


"Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" - Igor CHikrizov ("Paxtakor").


Mana shu joyda tashkilotchilar kichik xatoga yo'l qo'yishdi. Katta ekranda Davron CHoriev o'rniga uning akasi Dilshod Rahmatovning surati namoyish etildi.


"Yilning eng yaxshi futzalchisi" - Konstantin Sviridov ("Olmaliq").


“Yilning eng yaxshi klubi” -  "Lokomotiv" FK. Sovrinni klub bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov qabul qilib oldi.


“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” - Lyudmila Karachik ("Metallurg").


Sahnada DJ Piligrim.


“Yilning eng yaxshi murabbiyi” - Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf").


“Fair Play” sovrini - "Qo'qon-1912" FK.


"Yilning eng yaxshi futbolchisi" bo'lishga nomzodlar - Otabek SHukurov ("Bunyodkor"), Marat Bikmaev ("Lokomotiv") va Bahrom Abduraximov ("Nasaf").


Ortda qolgan mavsumda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Timur Kapadze.


O'zbek futbol jurnalistikasi otaxoni, har birimiz uchun ustoz Axbor doda Imomxo'jaev.


Otabek SHukurov Marat Bikmaevni eng yaxshi bo'lgani bilan tabriklamoqda.


"Yilning eng yaxshi futbolchisi" - Marat Bikmaev ("Lokomotiv").


Munisa Rizaeva ham marosimda qo'shiq kuyladi.


Tadbirdagi oxirgi qo'shiq SHaxriyor tomonidan Vatan haqida kuylandi.



Kechagi marosimdan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>> FOTOGALEREYA

Foto: Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика