Flik ketma-ket ikki mag'lubiyatdan keyin "Barselona" futbolchilari bilan jiddiy suhbat o'tkazdi
20 fev 18:28
Yangiliklar
Flik ketma-ket ikki mag'lubiyatdan keyin "Barselona" futbolchilari bilan jiddiy suhbat o'tkazdi
Bunday omadsiz natijalar ketma-ketligi Xansi Flikdan munosabat talab qilardi va u buni amalga oshirdi.
"Diario Sport" malumotlariga ko'ra, nemis murabbiyi futbolchilarga ikki kunlik dam berdi: o'zi esa taktik mayda-chuydalarni qayta ko'rib chiqish va shtabi bilan muhokama qilish uchun vaqt ajratgan. O'yinchilar 19 fevral kuni mashg'ulot bazasiga qaytgach, avvalo Flik bilan suhbatga kirishishdi.
Nemis murabbiyi bir soat davomida "guruh terapiyasi" o'tkazib, futbolchilarga muvaffaqiyat olib kelgan taktik jihatlarga — masalan, yuqori intensivlikdagi yuqori pressingga yana qaytish kerakligini tushuntirishga uringan.
Flik bu suhbatga javobni shogirdlaridan yaqindagi "Levante"ga qarshi o'yinning o'zida ko'rishga umid qilmoqda.
"Barselona" – "Levante" uchrashuvi 22 fevral kuni 20:15 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar