Firmino ispan klubining radarida turibdi
10 okt 2022 22:10
Yangiliklar
Firmino ispan klubining radarida turibdi
Roberto Firmino "Liverpul"dagi sakkizinchi mavsumini o'tkazmoqda.
31 yoshli braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi, yani Firmino yozda erkin agent maqomida bo'lishi mumkin.
Hujumchiga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi braziliyalik futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va agar imkoniyat tug'ilsa, uni qo'lga kiritishga harakat qilishi mumkin.
Roberto Firmino 2022/2023 yilgi mavsumda “Liverpul” safida 11 ta o'yinda maydonga tushdi hamda oltita gol urib, sheriklariga uchta samarali uzatma amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar