So’nggi yangiliklar

19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  1 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3

Final oldidan. Feliks Sanches: "Agar chempion bo'lsak, bu Qatar futboli tarixidagi eng katta yutuq bo'ladi" Yangiliklar

Final oldidan. Feliks Sanches: "Agar chempion bo'lsak, bu Qatar futboli tarixidagi eng katta yutuq bo'ladi"

Ertaga Qatar va Yaponiya terma jamoalari o'rtasida Osiyo Kubogi finali o'tkaziladi.

Bugun o'yindan oldingi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda ishtirok etgan Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Ertaga Qatar futboli tarixidagi eng muhim o'yin bo'ladi. Nihoyat katta sakrashni amalga oshirib, finalga qadar etib keldik. Jamoam bo'lajak bahsga ruhiy jihatdan tayyor. Agar biz g'alaba qozonsak, bu Qatar futboli tarixidagi eng katta yutuq bo'ladi".

"Biz yana bir chiroyli uchrashuvni o'tkazishni mo'ljallab turibmiz. Ijobiy natija qayd etish uchun butun jamoa ter to'kib mehnat qildi. Biz finalda g'alabaga erishib, qatarlik muxlislarni xursand qilishni xohlaymiz".

"Bu erga kelganimizda chempionlik vazifasini qo'ymagandik, balki har bir uchrashuvda o'zimizni ko'rsatishni maqsad qilgandik. Biz har qanday jamoaga qarshi munosib o'ynay oladigan jamoa tuzishga harakat qilyapmiz. Yaqin kelajakda Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lishni istaymiz".

"Hozircha bu musobaqada oltita o'yin o'tkazdik va har biri alohida hikoyaga ega. Guruh bahslarida bosimga duch keldik, pley-offda esa bosim yanada kattalashib bordi. Yaponiyaga qarshi bahs biz uchun alohida maqomga ega bo'ladi. Yaponiya Osiyo Kubogini bir necha bor yutgan. Lekin bu jamoaning ham kamchiliklari bor va ertaga shundan foydalanishga harakat qilamiz".

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика