So’nggi yangiliklar

11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  0 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  7 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  12 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  37 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40

Final fotomaqolasi - I. O'YIN Yangiliklar

Final fotomaqolasi - I. O'YIN

O'zbekiston Kubogi finaliga oid uchta fotomaqola berishga qaror qildik. Ularning birinchisida 90 daqiqadan iborat ikki bo'limga to'xtalib o'tamiz.



PFLning bu ikki vakili mana 10 yildirki, Kubokni shu tarzda stadionga olib chiqishadi. SHundan keyin uchrashuv bosh qahramonlari maydonga chiqib keladilar.




Boboev va Berdiev o'yindan oldin bir - birlariga omad tilayaptilar. Boboevning omadi kuchli bo'lib chiqdi va "Nasaf" o'z tarixidagi ilk kubokni qo'lga kiritdi. 




SHerzod Azamov xuddi avtogol urishini bilgandek, suratga qaramay tushyapti. Uyalma shovvoz, jamoangni ikkinchi golini sen urding...




Afsuski bu tarkibni o'ynata biladigan murabbiy topilmayapti. Aslida MTJning kelajagi sifatida qaralayotgan bu yoshlardan ko'p narsani kutsa bo'ladi.




Satoning bu yil jamoasiga foydasi ko'p bo'ldi. Lekin 5ta himoyachi bilan tushgan "Bunyodkor" uchun u tayanch yarim himoyachisi vazifasini gavda jihatidan ham bajara olmasdi. Aftidan kechagi o'yindagi taktika "qaldirg'ochlar"ga pand berdi.




Drrrrrr-drrr... "Nasaf" shifokori Barat Elmurodov sovuqdan titirayotgan vaziyat... 




Xayrulla Karimov finalda qizil kartochka olish qanchalik alamli bo'lishini yaxshi biladi. Endi bu ikki futbolchi 26-turda "Paxtakor"ga qarshi kechadigan muhim o'yinda maydonga tusha olmaydilar. Katta ehtimol bilan mana shu o'yin poytaxtliklarni OCHLda ishtirok etish etmasligini hal qiladi. Hali "Nasaf" bilan ham tur uchrashuvi bor.




Murod Zuxurov 2012 yil toshkentliklarning g'alabasi bilan tugagan, "Nasaf" va "Bunyodkor" jamoalari o'rtasida kechgan finalda ham o'z darvozasidan gollar o'tkazib yuborib kubokdan quruq qolgan edi. Bu safar posbon yuqoridagi jamoalar o'rtasida kechgan o'yinda, ikkinchi jamoa safida mag'lubiyatga uchradi.




Artur Gevorkyanning urgan gollari orasidagi eng muhimi...




"Nasaf" murabbiylar shtabini quvonchi, "Bunyodkor" murabbiylar shtabiga aksincha tasir o'tkazayotgan vaziyat...




Bu esa final hushtagi yangraganidan keyingi ilk "kadr"...


P,S: OAV uchun suratlardan foydalanish man etiladi!

Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика