So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  0 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  2 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  14 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

FIFA18 o'yinida o'zbekistonlik futbolchilar bormi? (+FOTO) Yangiliklar

FIFA18 o'yinida o'zbekistonlik futbolchilar bormi? (+FOTO)

26 sentyabr kuni EA Sports kompaniyasining FIFA18 o'yini sotuvga chiqdi.

O'zbekistonda ham bu o'yinning muxlislari juda ko'p va bir yil oldin ushbu yo'nalish bo'yicha xatto mamlakatimizning oliy va birinchi ligalari yo'lga qo'yilgan edi. O'zbekiston terma jamoasi ishqibozlari bu o'yinda milliy terma jamoamiz yo'qligini yaxshi bilishsa kerak. Biroq 5 nafar futbolchimiz ushbu virtual futbol o'yinida mavjud. Ular Vitaliy Denisov ("Lokomotiv" Moskva), Vadim Afonin ("Anji"), Vagiz Galiulin ("Tosno"), Eldor SHomurodov ("Rostov") va Fozil Musaev ("Jubilo Ivata").

Vitaliy Denisov


FIFA18 o'yinida hamyurtimiz Vitaliy Denisov eng katta reytingga (80) ega o'zbekistonlik hisoblanadi. EA SPORTS ishlab chiqaruvchilari o'yinning bu qismida himoyachini jismonan baquvvat, tez yuguradigan va himoyada yaxshi harakat qiladigan futbolchi sifatida ko'rsatishgan.


Vadim Afonin


"Anji"dagi yarim himoyachimizning reytingi 71. Uning o'yindagi kuchli sifatlari - qisqa paslar (76) va jarima zarbalarida to'pni aylnatirish (76).


Vagiz Galiulin


"Tosno"da javlon urayotgan o'zbekistonlik Vagiz Galiulinning FIFA18 o'yinidagi ko'rsatkichlari ancha past. Virtual futbol yaratuvchilari Galiulinga ko'proq tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini qo'shishgan.


Eldor SHomurodov


Yaqindagina "Rostov"ga o'tgan hamyurtimiz Eldor SHomurodovning FIFA18 o'yinidagi reytingi - 63. U ham Galiulin va Denisov kabi katta tezlikka ega. Ishonmaysizmi? Unda ushbu o'yinda SHomurodov bilan harakat qilib ko'ring.


Fozil Musaev


FIFA18 o'yinidagi eng past ko'rsatkich Fozil Musaevda. O'yin yaratuvchilari futbolchimizga yaxshi etibor berishmagan ko'rinadi. FIFA18 talqiniga ko'ra, Musaev ko'proq agressiv harakatlarda kuchli ekan.



Siz ushbu futbolchilarning reytingi haqida qanday fikrdasiz?

Telegramdagi kanalimiz orqali FIFA18 o'yinining O'zbekiston uchun muqovasini ko'chirib olishingiz mumkin. TELEGRAM

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика