So’nggi yangiliklar

11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  0 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  7 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  12 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  35 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40

FIFA sobiq vice-prezidenti JCH-2018 mezbonini tanlash uchun 5 mln dollar olgan, yana bir amaldorga esa pora taklif qilingan Yangiliklar

FIFA sobiq vice-prezidenti JCH-2018 mezbonini tanlash uchun 5 mln dollar olgan, yana bir amaldorga esa pora taklif qilingan

AQSH Adliya vazirligi FIFA ijroiya qo'mitasi vakillariga 2018 hamda 2022 yilgi jahon chempionatlariga Rossiya va Qatarni mezbonligi ovoz bergani uchun pora olganligi haqda bayonot berdi.

Xabarda keltirilishicha, FIFA sobiq vice-prezidenti Trinidad va Tobagodan bo'lgan Jek Uorner Rossiyaga ovoz berishi uchun sotib olingan. SHuningdek, yana bir amaldor Gvatemaladan bo'lgan Rafael Salgeroga pul taklif etilgan.

JCH-2022'ga mezbonlik qiluvchi davlatga ovoz berish jarayonida, Braziliya futbol konfederaciyasi sobiq rahbari Rikardo Teysheyra, 2019 yilning avgustida vafot etgan Janubiy Amerika futbol konfederaciyasi sobiq prezidenti Nikolas Leos (Paragvay) va yana bir ismi oshkor qilinmagan shaxs pora olgan.

Jek Uorner esa 5 million dollarga ega bo'lgan. Salgeroga 1 mln taklif qilingan. Adliya vazirligining ayblovida Rafaelning mazkur summani olgan yo olmagani to'g'risida hech narsa keltirilmagan.

2010 yil noyabr hamda 2011 yil aprel oylarining o'rtasida Uorner 20dan ortiq pul o'tkazmalari orqali 5 mln.ga ega bo'ldi. To'lovlar Kipr va Britaniyaning Virjiniya orollarida ro'yxatga olingan ofshor kompaniyalari orqali amalga oshirilgani aniqlandi.

SHuningdek, hisobotda, Vernerning assistenti 2010 yil noyabrida uning sherigidan elektron pochta orqali xabar olgani, unda ismi oshkor qilinmagan shaxs Uornerga “kelishilgan ishni bajarishi kerakligi” haqida maslahat bergani malum bo'ldi.

2015 yil Uornerga futbol bilan bog'liq har qanday soha bilan shug'ullanish taqiqlab qo'yilgan edi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика