FIFA sobiq hakami Iturralde: "Suares raqibiga atayin tegdi, penalti yo'q edi"
14 mar 2019 13:13
Yangiliklar
FIFA sobiq hakami Iturralde: "Suares raqibiga atayin tegdi, penalti yo'q edi"
FIFA sobiq hakami Eduardo Itturalde "Barselona" hamda "Lion" o'rtasidagi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvining 16-daqiqasida franciyaliklar darvozasiga belgilangan penalti haqida fikr bildirdi.
O'sha vaziyatda Jeyson Denayer sirpanib to'pni maydonda chiqarib yubormoqchi bo'ldi, urugvaylik esa uning oyog'ini bosib oldi va yiqildi. Lionel Messi 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi.
Suares penalti haqida: "Tasodifan Denayerning oyog'ini bosib oldim, qarorni hakam qabul qiladi"
"Bu men uchun penalti emas, chunki Suares raqibiga atayin tegdi" - deydi Itturalde.
Fikrlar