FIFA Rossiya U-17 terma jamoasiga Jahon chempionatida qatnashishga ruxsat berdi
04 okt 2023 22:49
Yangiliklar
FIFA Rossiya U-17 terma jamoasiga Jahon chempionatida qatnashishga ruxsat berdi
FIFA kengashi Rossiyaning 17 yoshdan kichik terma jamoalariga xalqaro musobaqalarda qatnashishga ruxsat berdi.
"FIFA kengashi UEFAning 26 sentyabr kuni qabul qilingan Rossiyaning 17 yoshdan kichik terma jamoalariga xalqaro musobaqalarda qatnashish huquqini qaytarish borasidagi qarorini o'smir yigitlar va qizlar o'rtasidagi U-17 Jahon chempionatiga ham tadbiq qilishga qaror qildi. UEFA musobaqalari ushbu turnirga saralash vazifasini o'taydi.
SHu tariqa, ushbu turnirda qatnashadigan Rossiya jamoalarining diskvalifikaciyasi bekor qilinadi.
Bu jamoalar musobaqalarda "Rossiya" emas, "Rossiya futbol ittifoqi" nomi bilan qatnashishlari talab qilinadi. SHu bilan birga, ular davlat madhiyasi va bayrog'isiz, liboslarda esa neytral ranglar bilan musobaqada qatnashishlari mumkin.
Qolgan taqiqlar Ukraina bilan mojaro o'z yakuniga etmaguniga qadar o'z kuchida qoladi", -deyiladi FIFA bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar