FIFA Pushkash sovrini uchun nomzod bo'lgan gollarni elon qildi. Ular orasida O'zbekistonda urilgan gol ham bor
12 jan 2023 22:46
Yangiliklar
FIFA Pushkash sovrini uchun nomzod bo'lgan gollarni elon qildi. Ular orasida O'zbekistonda urilgan gol ham bor
FIFA tashkiloti yilning eng chiroyli goli uchun beriladigan Pushkash sovrini uchun nomzodlarni elon qildi. Etiborli jihati shundaki, ushbu ro'yxatga o'tgan yili O'zbekiston mezbonlik qilgan U-23 Osiyo kubogida kiritilgan gol ham kiritilgan. Avstraliya U-23 termasi azosi Alu Kyuolning Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda kiritgan goli Pushkash mukofotiga nomzod qilib ko'rsatilgan. Ushbu golni telegram kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
To'liq ro'yxatda esa Mario Balotelli («Adana Demirspor» / «Son»), Dimitri Payet («Marsel»), Teo Ernandes («Milan»), Alu Kyuol (Avstraliya U-23), Amandin Anri («Lion», ayollar jamoasi), Kilian Mbappe (Franciya termasi, «PSJ»), Fransisko Gonsales («Sentral Kordoba»), Marchin Oleksi («Varta»), Salma Paralluelo («Vilyarreal», ayollar jamoasi), Risharlison (Braziliya termasi, «Tottenxem») va Alessiya Russoning (Angliya ayollar termasi) gollari bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar