So’nggi yangiliklar

17:50Эшитдик-да! Португалия терма жамоаси собиқ устози Ўзбекистон МТЖда иш бошлаши мумкин   17 17:32Эшитдик-да! CAFA мусобақаси қайси стадионларда ўтказилиши маълум  6 17:10Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Қодисия" - "Ал Аҳли" (онлайн ҳисоб)  1 16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  0 16:45Тимур Кападзенинг боши нега оғримоқда?  7 16:20Акинфеевга замонавий спорт журналистикаси ёқмаяпти  0 15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  11 15:39"Насаф" ҳимоячиси "Шўртан"га қарши ўйинда майдондан четлатилиши лозим эди. Суперлиганинг 19-турида ҳакамлик таҳлили  1 15:10Opta суперкомпьютери: Бундеслигада сенсация бўлмайди  0 14:46Месси яна терма жамоага чақирилди, Файзуллаев энди ўйнай олади, Роналду финалга чиқди - 19 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада  0 14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  7 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   3 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  19

FIFA prezidenti: "SHimoliy Koreya kelajakda jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin" Yangiliklar

FIFA prezidenti: "SHimoliy Koreya kelajakda jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin"

Janni Infantino SHimoliy Koreya kelajakda jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkinligini aytdi.

Uchinchi muddatga qayta saylanmoqchi bo'lgan FIFA prezidenti har qanday mamlakat mundialni qabul qilish huquqiga ega ekanligini malum qildi va uning tashkiloti dunyoni birlashtirishga yordam bermoqchi ekanini aytdi. 

Infantino yakshanba kuni Qatardagi Jahon chempionati boshlanishidan oldin nutq so'zladi va unda turnirning o'tkazilishi yuzasidan FIFAga bildirilgan tanqidlarga javob qaytardi. 

SHuningdek, SHveycariyada tavallud prezident SHimoliy Koreyaga tashrif buyurganini takidladi, bundan maqsad KXDRning o'z qo'shnisi bo'lgan Janubiy Koreya bilan birgalikda ayollar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazishga rozi bo'lish-bo'lmasligini aniqlash edi.

"FIFA global futbol tashkiloti", - deydi Infantino. “Biz siyosatchilar emas, futbol odamlarimiz va insonlarni birlashtirmoqchimiz.

Har qanday mamlakat mundialga mezbonlik qilishi mumkin. Agar SHimoliy Koreya biror musobaqaga mezbonlik qilmoqchi bo'lsa, marhamat..."

"Men bir necha yil oldin SHimoliy Koreyaga tashrif buyurib, shimoliy koreyaliklardan Janubiy Koreya bilan ayollar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazishga tayyor yoki tayyor emasligini so'ragandim. 

Albatta, biz uchun mufoviq keladigan javobni ololmadim, lekin bu urinishlar samara beradigan bo'lsa, yana 100 marta u erga borardim.

Bu chinakam o'zgarishlarga sabab bo'lishi mumkin. Biz global tashkilotmiz va dunyoni birlashtiruvchi tashkilot bo'lib qolishni istaymiz”, - dedi FIFA prezidenti.

Eslatib o'tamiz, dunyo reytingida 112-o'rinni egallab turgan SHimoliy Koreya Janubiy Afrikada o'tkazilgan 2010 yilgi mundialdan beri futbol olamidagi eng yirik turnirda ishtirok etgani yo'q, ularning ilk ishtiroki esa 1966 yilgi Angliyadagi jahon chempionatiga to'g'ri keladi.

Kim CHen In rahbarligidagi yopiq davlat Janubiy Koreya bilan keskin munosabatlarga ega va yaqinda ushbu mamlakat Koreya yarimoroli atrofida ballistik raketa sinovlarini kuchaytirdi.

Janubiy Koreya 2002 yilgi mundialni Yaponiya bilan birgalikda qabul qilgan, shimoldagi qo'shnilari esa haligacha yirik turnirga mezbonlik qilmagan.

Infantinoning izohlari yakshanba kuni boshlanishi kerak bo'lgan Jahon chempionatiga bo'lgan noroziliklar fonida yangradi va ko'pchilik o'z tanqidlari orqali Qatarda inson huquqlari buzilishi va ishchilarning o'limiga ishora qilmoqda. 

Ammo u odamlarni turnir bilan bog'liq muammolarni ko'rsatmasdan, futbolga etibor qaratishlari kerak, deya qatiy etiroz bildirmoqda.

"Ishonchim komilki, ushbu jahon chempionati g'arbiy dunyodan to arab dunyosigacha ko'plab odamlarning ko'zini ochadi.

“Biz bir dunyoda yashayapmiz, shu bois bir bo'lib yashashimiz lozim. Bir-birimizni tushunishimiz kerak. Bizning etiqodlarimiz, tariximiz, kelib chiqishimiz turlicha bo'lishi mumkin, lekin dunyomiz bir ekanligimizni anglashimiz lozim va biz bir-birimiz bilan kelishib yashashimiz kerak.

SHu bois bu erga kelgach, biror nojoiz harakatni guvohi bo'lsangiz, iltimos, uni qanday bartaraf etish mumkinligini ayting, biz esa yordam berarmiz", - dedi Infatino.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика