FIFA mutaxassisi va O'FAning belgiyalik texnik direktori Samarqandga tashrif buyurdi
20 may 2024 12:58
Yangiliklar
FIFA mutaxassisi va O'FAning belgiyalik texnik direktori Samarqandga tashrif buyurdi
SHu maqsadda joriy yilning 17-18 may kunlari FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon va Gi Kiala Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrifning birinchi kunida mutaxassislar dastlab Samarqand viloyati futbol maktabiga qadam ranjida qildi. Tashrif davomida futbol maktab shart-sharoitlari, futbol maydon holati bilan tanishishdi.
SHundan so'ng Samarqand viloyati futbol akademiyasiga tashrif buyurishdi. Dastlab viloyat futbol mutaxassislari uchun futbol akademiyasida tashkil qilingan seminarda ishtirok etishdi.
Seminarda FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon va Gi Kialalar tomonidan zamonaviy futbol tendenciyalari bo'yicha tavsiyalar berildi. Har bir murabbiy bilan suhbat o'tkazib kerakli maslahatlar berdilar. Samarqand viloyati futbol akademiyasi shart-sharoitlari va mashg'ulot jarayonlarini ko'zdan kechirishdi.
Tashrifning ikkinchi kunida Samarqand shahridagi tarixiy obidalarini tomosha qildilar.








O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar