Ukraina terma jamoasi himoyachisi: "Husanov haqiqatan ham yaxshi sifatlarga ega"
27 jan 18:32
Yangiliklar
Ukraina terma jamoasi himoyachisi: "Husanov haqiqatan ham yaxshi sifatlarga ega"
Kievning "Dinamo" va Ukraina milliy terma jamoasi himoyachisi Taras Mixavko o'ziga eng yoqadigan poziciyadosh futbolchilarni sanab o'tdi.
Ular orasida "Manchester Siti" futbolchisi Abduqodir Husanov ham bor.
O'zbekistonlik himoyachi Mixavkoning Ukraina terma jamoasidagi sherigi Ilya Zabarniy, shuningdek, Dortmundning "Borussiya" jamoasi azosi Niko Shlotterbek bilan bir qatordan joy oldi.
"Menga Shlotterbekning o'yini juda yoqadi. Uni kuzatib boraman, uslubi menga manzur keladi. Albatta, Zabarniyni ham kuzataman, u ham yaxshi. Husanovni ham yaxshi ko'raman, u yosh va haqiqatan yaxshi sifatlarga ega. APLda "Manchester Siti"ga muxlislik qilaman, shuning uchun o'yinlarini kuzatib boraman", – dedi Mixavko "Dinamo" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Avvalroq Abduqodir Husanov Osiyo ramziy terma jamoasidan joy olgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar