So’nggi yangiliklar

17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  2 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  4 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  4 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  95 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4

FIFA Franciya U-17 terma jamoasini chetlatadimi? Terma jamoamiz o'smirlar o'rtasidagi JCH yarim finaliga to'g'ridan-to'g'ri chiqadimi? Birgalikda tahlil qilamiz Yangiliklar

FIFA Franciya U-17 terma jamoasini chetlatadimi? Terma jamoamiz o'smirlar o'rtasidagi JCH yarim finaliga to'g'ridan-to'g'ri chiqadimi? Birgalikda tahlil qilamiz

Bu masalada ko'plab jihatlar mavjud.

Kecha Franciya U-17 terma jamoasining o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatidan chetlashtirilishi borasida malumot paydo bo'ldi. Bunga forvard Yanis Issufning ishtiroki bilan bog'liq mojaro sabab, u turnirga saralash bosqichida Niger terma jamoasida o'ynagan, so'ngra Franciya tarkibida harakat qilishni boshlagan.



Francuzlarga chorak finalda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi tushdi. Mojarodan so'ng go'yoki jamoamizning jahon chempionati yarim finaliga to'g'ridan-to'g'ri chiqishi haqida gaplar boshlandi. Ammo, bu ro'y berishi mumkinmi?

Birdan aytamiz: O'zbekiston terma jamoasining o'smirlar JCHsida o'yinsiz chorak finalga chiqishi deyarli imkonsiz. Dunyodagi hech bir tashkilot u yoki bu o'yinni o'tkazmaslik tarafdori emas. Agar FIFA Franciyani musobaqadan olsa, unda 1/8 finalda francuzlarning raqibi bo'lmish Senegalni qo'yishga majbur bo'ladi.

Agar senegalliklar haqiqatdan ham rasmiy tarzda norozilik bildirishgan bo'lsa (bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yozishmoqda), ular bu borada chorak finalda ishtirok etish uchun asosiy davogar hisoblanishadi. SHu bilan birga, Issuf 1/8 finalda Senegalga qarshi o'ynamagan. Senegalliklarning ushbu yuridik qopqondan qanday chiqishlarini ko'rish qiziq bo'ladi.

Haligacha bu masala bo'yicha aniq bir poziciya Franciya futbol federaciyasida ham, FIFAda ham yo'q. Ulardan hech biri hozirgacha rasmiy izoh bermadi. FIFA reglamenti o'yinchiga bitta musobaqa doirasida turli jamoalarda o'ynashni taqiqlaydi. Ammo, baribir o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati va jahon chempionatining o'zi turli turnirlar hisoblanadi: ularning nomlari turlicha, ularni turli tashkilotlar o'tkazadi (Afrika futbol konfederaciyasi, UEFA va FIFA) va reglamentlar ham ko'pincha bir-biridan farq qiladi. Masalan, OFK va UEFA shafeligidagi musobaqalarda ochkolar teng bo'lgan holda o'zaro o'yinlarda yaxshiroq statistikaga ega bo'lgan jamoaga ustunlik beriladi. FIFA esa umumiy to'plar nisbatini inobatga olishni afzal ko'radi. Voqealar rivojining mutlaq ikki varianti.

Fuqarolikni almashtirish oson jarayon emas, unda harakatlarning tartibi bo'yicha aniq bosqichlar bor. Agar Franciya Issufga barcha talablar bilan fuqarolik bergan bo'lsa, unda hech qanday muammo bo'lishi kerakmas. SHu bilan birga, uning nega kecha Senegalga qarshi o'ynamagani tushunarsiz. Balki francuzlar Yanis tufayli muammolar bo'lishini bilishgan va shu sabab uni tarkibga kiritishmagandir.



Ushbu barcha savollarga hozircha javob yo'q. Ammo, O'zbekiston terma jamoasining o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finaliga to'g'ridan-to'g'ri o'tishini katta ehtimol ko'rmaymiz. Jamoamiz yoki o'z aybsizligini isbotlagan francuzlarga qarshi yoki Senegal terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика