FIAT xodimlari Ronalduning transferi tufayli ish tashlash uyushtirishadi
11 iyu 2018 17:25
Yangiliklar
FIAT xodimlari Ronalduning transferi tufayli ish tashlash uyushtirishadi
"Yuventus" homiyi bo'lgan FIAT kompaniyasi xodimlari "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu xarid qilinganidan norozi.
Avtokoncern xodimlarining fikricha, bunday xarajatlar noto'g'ri va ular ish tashlash uyushtirishmoqchi.
"Bu to'g'ri qaror emas, ishchilar og'ir iqtisodiy damlarni boshidan kechirayotganda 100 mln. evrolik futbolchi sotib olinmoqda.
Bizga qiyin damlar kelganini, kompaniyaning xodimlar oldidagi ijtimoiy majburiyatlari kamayishini aytishdi.
Kompaniya xodimlar qiziqishini birinchi o'ringa qo'yishi kerak. Bugun bunday emas, klub egalariga futbol va ko'ngilxushlik qiziqroq.
SHu sabablarga ko'ra kompaniya xodimlari 15-17 iyul kunlari ish tashlash elon qilishmoqchi" - deyiladi FIAT xodimlari bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu transferining bir qismini FIAT zavodi zaxira pulidan to'lanadi.
Fikrlar