FFF prezidenti Zidanga qiziqish borligini tasdiqladi
01 dek 2021 09:50
Yangiliklar
FFF prezidenti Zidanga qiziqish borligini tasdiqladi
Franciya futbol federaciyasi rahbari Noel Le Gre termaning hozirgi ustozi Dide Desham JCH-2022'dan so'ng, lavozimida qolishiga qarshimasligini bildirgan.
Biroq, agar u jamoani tark etadigan bo'lsa, federaciya prezidenti nomzodlardan biri Zinedin Zidan bo'lishini aytib o'tdi.
“Didening ketishi yoki davom ettirishni xohlamasligi tasavvur qilib ko'raylik. Ochig'i, bu yuz bersa, o'shanda hayolimizga Zidan keladi. Endigini jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdik, shu tufayli hozir bu haqda gapirishning mavridi emas”, deydi Le Gre.
Deshamning amaldagi shartnomasi mundialdan keyin o'z yakuniga etadi. Zidan esa “Real”ni 2021 yil may oyida tark etdi va shundan beri ishsiz hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar