So’nggi yangiliklar

23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  2 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  1 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  5 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  7 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0

Fevzi Davletov: "Raqib ko'p vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo Potapov jamoani qutqardi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Raqib ko'p vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo Potapov jamoani qutqardi"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Surxon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. "Nasaf" esa xatolarni kechirmaydigan jamoa. Raqib ko'p vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo Potapov jamoani qutqardi. O'tkazib yuborgan golimizda, aynan himoyachilar Potapovga yordamga kelishi kerak edi. Tanaffusdan keyin esa o'zgarishlarga qo'l urdik. Hujumga o'tishga harakat qildik, ammo qizil kartochkadan so'ng agressivroq o'ynashimiz kerak edi. Ikkita yoki uchta vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ulardan foydalana olmadik. Ushbu jabhada yaxshiroq ishlashimiz kerak ekan. "Nasaf" juda yaxshi himoyalandi" - deya fikr bildirdi Fevzi Davletov bugungi bahs haqida.


- "Surxon" bugungi o'yinda o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan edi?

- Biz har bir o'yinda g'alaba qozonishni ko'zlaymiz. Bugungi uchrashuv ham bundan istisno emas.

- O'tgan mavsumda "Surxon" jamoasining hujum chizig'i ancha yaxshi edi. Joriy mavsumda esa jamoa hujumda muammolarga duch kelayotgandek...

- Ha, bizga agressiya etishmayapti.

- O'tgan turda Potapov maydonga qaytdi va "Surxon" g'alaba qozondi. Bugun esa u jamoani ko'p marotaba qutqardi. Dastlabki uch turda u nega zaxirada qolib ketdi?

- Artyom yanvar va fevral oylarini jarohat tufayli o'tkazib yubordi va shu sababli mavsumga to'liq tayyorgarlik ko'ra olmadi. Undan oldingi o'yinlarda esa qanday gollar o'tkazib yuborganimizni ko'rdingiz. Yo'q joydan xatolarga yo'l qildik va gollar o'tkazib yubordik. Bugun Artyom jamoani qutqardi.

- Birinchi bo'limda jamoangiz chiroyli futbol namoyish etdi, tanaffusdan keyin esa vaqtini cho'zish va shunga o'xshash jamoaga yarashmaydigan ishlar kuzatildi. Bunday holatlar ro'y berishiga bosh murabbiyning ko'rsatmalari sabab bo'ldimi?

- Yo'q, albatta. Bunday holat hissiyotlar sababli.

- Bugungi hakamlikni qanday baholaysiz?

- Hakamlarning qaroriga baho beradigan komissiya bor. Men faqatgina o'z jamoamning o'yini haqida gapirishim mumkin.

- Hamidjonovga sariq kartochka ko'rsatilgan vaziyatda siz futbolchiga tinchlan degandek ko'rsatma berdingiz. Futbolchi esa sizga nisbatan keskin etiroz bildirdi. Shundan so'ng futbolchi zaxiraga olindi. Hamidjonovning reakciyasini qanday qabul qildingiz?

- Uning o'tgan mavsumdagi harakatlarini ham ko'rgan edingiz. Hakam kartochka ko'rsatmoqda, bunday vaziyatda chetda o'tish kerak. Qo'shimcha gap-so'zning nima keragi bor. U emociyalarga berilib ketdi. Ikkinchi sariq kartochkani ishlab olmasligi uchun zaxiraga oldik. O'tgan mavsumda u qizil kartochka olgan edi, esingizda bo'lsa.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика