So’nggi yangiliklar

14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  7 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  2 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  8 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0

Fevzi Davletov: "Durang bo'lishi mumkin edi, ammo mag'lubiyat emas" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Durang bo'lishi mumkin edi, ammo mag'lubiyat emas"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Surxon" (2:1) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"20-25 daqiqaga qadar o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi golni urish kerak edi. Vaziyatlardan foydalana olmayotganimizdan so'ng himoyaga yotib olyapmiz, shu orqali raqib ko'proq bo'sh zonalarga ega bo'lmoqda. Birinchi bo'limning ikkinchi yarimda shunday xatolarga yo'l qo'ydik. Tanaffusda esa ko'rsatmalar berdim. Ikkinchi bo'lim startini muvaffaqiyatsiz o'tkazdik. Bugun mag'lubiyatga loyiq emas edik. Durang bo'lishi mumkin edi, ammo mag'lubiyat emas" - deya fikr bildirdi Fevzi Davletov uchrashuv yakunlangach.

- "Surxon" ikkinchi taymni ancha yomon o'tkazdi. Bunga sabab nima?

- Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng yigitlardan yuqoriroq o'ynash kerakligini aytgan edim. Qanotda oxirigacha kurashish kerak edi. Ikkinchi golda esa yaxshi ijro bo'ldi. Futbol shunday, 60 yoki 90 daqiqa yaxshi tempda o'ynaysan, ammo xatolar tufayli barchasi o'zgarib ketadi.

- Siz o'yin davomida kam ko'rsatmalar berasiz. Bunga sabab nima?

- Biz hafta davomida futbolchilarga ko'rsatmalar berib boramiz. O'yin vaqtida esa buning katta ahamiyati yo'q.

- Jahongir Abdusalomov so'nggi daqiqalarda o'yinga qo'shildi. Bunga sabab nima?

- U ko'p vaqt o'tkazib yubordi va optimal holatda emas. Imkon qadar tezroq optimal sport formasiga qaytib oladi degan umiddaman.

- Asilbek Jumaev realizaciya masalasida oqsamoqda. Ushbu fikrga qo'shilasizmi?

- U juda katta hajmdagi ishni bajaradi, ammo vaziyatlarda foydalanishi ham kerak. Vingerlar gol urishi kerak. "Andijon" vingerlari gol ura olishdi. Jumaev o'z vaziyatidan foydalanishi kerak edi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика