Ferran Torres ertaga "Barselona" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda
22 dek 2021 23:12
Yangiliklar
Ferran Torres ertaga "Barselona" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ferran Torres "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, futbolchi ertaga "Barselona" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda. SHundan keyin u klub bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
Oldinroq, "Barselona" 21 yoshli futbolchining transferi uchun 55 million evro to'lashi kutilayotganligi aytilgandi.
Joriy mavsumda 21 yoshli futbolchi "Manchester Siti" safida barcha turnirlar doirasida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar