Fernandu Santush: "O'yin shu qadar yopiq ediki, sabr bilan o'ynamasak, gol urolmasdik"
25 noy 2022 10:54
Yangiliklar
Fernandu Santush: "O'yin shu qadar yopiq ediki, sabr bilan o'ynamasak, gol urolmasdik"
"Bizga tajovuzkorlik etishmadi. Tanaffus paytida men sabr qilish kerakligini, lekin baribir natijani unutmaslikni aytdim. O'yin shu qadar yopiq ediki, sabr bilan o'ynamasak, gol urolmasdik.
Futbolchilar meni tushunishdi va hujumda harakatlarini o'zgartirishga harakat qilishdi, natijada penalti ishlab olishdi. Keyin kutilmaganda gol o'tkazib yubordik, bunga yo'l qo'ymaslik lozim edi.
Asosiysi, uch ochko qo'lga kiritildi. Urugvay va Koreya o'rtasidagi o'yinda qayd etilgan durang muhim emas", – dedi Santush.
"H" guruhida Portugaliya 3 ochko bilan peshqadamlik qilgan bo'lsa, Koreya (1), Urugvay (1) va Gana (0) uchinchi o'rinni egalladi.
Portugaliyaliklar 28 noyabr kuni 2-turda Urugvayga qarshi bahs olib borishsa, Gana terma jamoasi shu kuni Janubiy Koreya bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar