Fernandu Santush: "Buni yana bir marta aytaman, Ronaldu umuman termadan ketishi haqida gapirgani yo'q"
09 dek 2022 17:30
Yangiliklar
Fernandu Santush: "Buni yana bir marta aytaman, Ronaldu umuman termadan ketishi haqida gapirgani yo'q"
Portugaliya bosh murabbiyi Fernandu Santush matbuot anjumanida Krishtianu Ronalduning terma jamoadan ketishi haqida chiqqan gap-so'zlarga quyidagicha munosabat bildirdi.
"Futbolchilar xursand bo'lishi uchun doim o'zaro til topishishga harakat qilaman. Ronaldu – sardor. Men unga muhtojman. U bilan gaplashib olishga majburman.

Mashg'ulotlarda SHveycariyaga qarshi asosiy tarkib borasida gaplashmadik. Tushlikdan so'ng nima uchun maydonga tushmasligini tushuntirdim. Bu uning uchun syurpriz bo'lmadi. Bu bizning strategiyamiz ekanligini va bu muhimligini aytdim. Uni ikkinchi taymda istalgan vaqtda tushirishim mumkinligini aytdim. Albatta, u bundan xursand bo'lmadi, ammo ko'rsatmalarimni to'g'ri qabul qildi. Ronaldu umuman termadan ketishi haqida gapirgani yo'q. Buni yana bir marta takrorlab o'tyapman.

O'yin davomida golni barcha bilan birga nishonladi. Barcha uning baxtli ekanini ko'rdi. Qandaydir ketish haqida gap bo'lgani yo'q.
Asosiy tarkibda maydonga tushmagan istalan futbolchi xafa bo'ladi. Menimcha, bu normal holat", – dedi Fernandu Santush.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar