Ferdinand MYUni jiddiy tanqid qildi
17 okt 00:46
Yangiliklar
Ferdinand MYUni jiddiy tanqid qildi
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Rio Ferdinand klubning ser Aleks Fergyusonga bo'lgan munosabatini jiddiy tanqid qildi.
Oldinroq klub turli xarajatlarni qisqartirish maqsadida ser Aleksga elchilik pullarini to'lamaslik va jamoa kiyim almashtirish xonasiga kirmasligi borasida qaror chiqargandi.
"Agarda ser Aleksni chetga chiqaryotgan bo'lishsa, demak, MYUDA HECH KIM XAVFSIZLIKDA EMAS. Bunday holat istalgan inson bilan bo'lishi mumkin. Ineos klubdagi istalgan odamga signal jo'nata olarkan", - dedi Ferdinand.
Yil boshida Jim Retkliff boshchiligidagi "Ineos" kompaniyasi MYUning 25 foiz akciyalariga egalik qila boshlagandi.
Fikrlar