Feliks Sanches Qatar terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
31 dek 2022 11:37
Yangiliklar
Feliks Sanches Qatar terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
Qatar futbol associaciyasi matbuot xizmati Feliks Sanchesning terma jamoa bosh murabbiyligidan ketganini xabar qildi.
"Biz birgalikda Qatar futboli tarixida abadiy qoladigan ko'plab aqlbovarqilmas vaziyatlarga to'la yillarni o'tkazdik. Hammasi uchun rahmat, mister Sanches!", — deyiladi xabarda.
Sanches Qatar milliy jamoasida 2017 yildan beri ishlayotgandi. 47 yoshli ispanning bitim muddati 2022 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangandi. Tomonlar shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishdi.
Qatar terma jamoasi mutaxassis qo'l ostida 2019 yilda Osiyo kubogida g'alabaga erishdi.
Qatar terma jamoasi o'z uyida o'tgan JCH-2022da pley-offga chiqa olmadi (guruhda uchta mag'lubiyat).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar