Fayzullaev “Krasnodar”ga qarshi o'yinda jiddiy jarohatdan qutulib qoldi
13 dek 2023 20:26
Yangiliklar
Fayzullaev “Krasnodar”ga qarshi o'yinda jiddiy jarohatdan qutulib qoldi
RPL doirasida CSKA klubi mehmonda "Krasnodar"ga yutqazib qo'ydi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdagi yagona golga Nikita Krivtsov mualliflik qildi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, mazkur bellashuvda “armiyachilar”ning o'zbekistonlik vingeri Abbosbek Fayzullaevda jiddiy jarohat olish xavfi mavjud edi, biroq hammasi yaxshi yakunlangan.
“Abbos noxush shikastga yo'liqdi. Ammo Moskvaga qaytgach, u MRTdan o'tdi, muolaja davomida uning sog'lig'ida jiddiy muammolar aniqlamadi. Yarim himoyachi CSKA PFK tibbiy shtabidan tiklanish uchun kerakli tavsiyalarni oldi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, Fayzullaev O'zbekiston milliy terma jamoasining dekabr oyidagi yig'iniga chaqirilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar