Farzandi uchun 1200 evro to'lamagan Sillessen sud qilinishi mumkin
09 fev 2023 02:17
Yangiliklar
Farzandi uchun 1200 evro to'lamagan Sillessen sud qilinishi mumkin
"Barselona" sobiq posboni Yasper Sillessen sud qilinishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, ispaniyalik telejurnalist Mariya Moran futbolchini ularning umumiy farzandi jiddiy betobligiga qaramay oilasini tashlab ketganlikda ayblamoqda.
Moran advokatining aytishicha, Sillessen farzandi shifoxonaga yotqizilgani uchun 1200 evro to'lashni xohlamagan.
Bu pullarni Mariyaning bobosi, xatto bank kartasi bo'lmagan 90 yoshli otaxon to'lagan. U Mariya va uning qiziga yordam berish uchun yig'ib qo'ygan bor pulini sarflagan.
Advokatning so'zlariga ko'ra, uning mijozi futbolchiga homiladorligini aytganida Yasper ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqasi bilan uchrashayotganini malum qilgan.
Sillessen 2022 yilning avgustidan berik NEK sharafini himoya qiladi.
Fikrlar