So’nggi yangiliklar

00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  0 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  6 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  1 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  18 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  462 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  5 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  8

Farruh Zokirov: “Paxtakor”ga qarshi o'yin biz uchun qiyin kechdi” Yangiliklar

Farruh Zokirov: “Paxtakor”ga qarshi o'yin biz uchun qiyin kechdi”

Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasi bellashuvlarining 2-tur bahslari poyoniga etdi.

Farg'onaning “Neftchi” klubi 2-turda ikki g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etdi. Xo'sh, bu yil Oliy ligada debyut mavsumini o'tkazayotgan “Neftchi” qanday maqsadlarni rejalashtirgan. Bu haqda bosh murabbiyi Farruh Zokirov fikrlariga quloq tutdik.

“Farg'onada o'tkazilgan birinchi turda kamida 6 ochko olishimni maqsad qilgandik. Afsuski, bunga erisha olmadik. Ikkinchi turda esa 6 ochko to'play oldik va qo'yilgan vazifani bajarishning uddasidan chiqdik.

- Sizningcha, ikkinchi turda “Neftchi” uchun qaysi jamoaga qarshi bahs qiyin kechdi?
- Menimcha, “Paxtakor” bilan kechgan birinchi o'yin biz uchun qiyin kechdi. Sababi shu kuni bizda ham ko'p vaziyatlar yuzaga keldi. SHogirdlarim esa bulardan foydalana olmadi. Baribir “Paxtakor”ning amaldagi chempion bo'lgani o'z tasirini o'tkazdi.

- Jamoada sharoitlar qanday?
- Hozircha yaratilgan sharoitlarimiz yomon emas. Rahbariyat etibor qaratmoqda. Biroq sharoitlar sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan jamoalardek bo'lishidan umidvormiz.

- Bu yilgi maqsadlar haqida nimalarni ayta olasiz?
- Birinchi ligadan ko'tarilganimiz tufayli elitada jon saqlab qolish vazifasi qo'yilgan. Natijalarimizda ijobiylik kuzatila boshlagani tufayli kuchli oltilikda kurashsak bo'ladi. Ishtaha ovqat paytida keladi deganidek, maqsadlarimiz ham natijalarga qarab o'zgarib boradi.

- Bugungi kunda jamoangiz safida qaysi yigitlarni tajribali deya olasiz?
- Elyor Domlaev va Rashidjon Jabbarov tajribali deya olaman.

- Oliy ligaga yo'llanma qo'lga kiritilganidan so'ng tarkibni kuchaytirish qiyin kechmadimi?
- Tarkibga jalb qilinganlarning barchasi o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Masalan Avazbek Abduvaliev ham havaskor sifatida jamoaga jalb qilindi. Endilikda u futzalchi sifatida o'zini ko'rsatmoqda.

- “Neftchi” 3-tur bahslaridagi raqiblari borasida nimalarni ayta olasiz?
- Oldindan biror nima deyish qiyin. Ammo, o'zimiz uchun kerakli miqdorda ochko ishlab olishimiz mumkin. Deyarli teng kuchga ega jamoalar bilan kurashamiz. Biz bu o'yinlarda ijobiy natijaga erishmoqchimiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика