Farhod Nishonov: "O'yin natijasidan ko'nglim to'lmadi, bu o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilgandik"
19 fev 19:48
Yangiliklar
Farhod Nishonov: "O'yin natijasidan ko'nglim to'lmadi, bu o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilgandik"
— Bugungi o'yin haqida
— Bugun g'alaba qozonmoqchi edik, biroq xatolarimiz tufayli mag'lub bo'ldik. Bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgandik, shu sababli tarkibda o'zgarishlar bo'ldi. O'yin natijasidan ko'nglim to'lmadi, bu o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilgandik.
— Chorak finaldagi raqibga tayyorgarlik haqida
— Keyingi bosqichda bizga kim raqib bo'lishi ertaga malum bo'ladi. Ertaga raqibimiz kim bo'lishini bilgach, shunga qarab reja bo'yicha tayyorgarlik ko'ramiz.
— O'rinboevning ikkinchi bo'limda qo'shilishi haqida
— O'rinboevda kichik jarohat bor edi va shu sababli asosiy tarkibda maydonga tushirmadik. Keyingi bosqichga qadar to'liq tiklanishini reja qilgandik.
— Eron haqida
— Ularga omad tilayman, yaxshi jamoa. Biz kutgandek qarshilik ko'rsatdi. O'zining imkoniyatini kutdi va undan foydalandi.
U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston Eronga mag'lub bo'ldi va guruhda ikkinchi o'rinni egalladi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar