Farhod Bekmurotov: “So'g'diyona” o'z uyida kuchli o'yin namoyish etadi”
09 sen 2016 10:45
Yangiliklar
Farhod Bekmurotov: “So'g'diyona” o'z uyida kuchli o'yin namoyish etadi”
Mazkur uchrashuv oldidan “burgutlar”ning iqtidorli o'yinchisi Farhod Bekmurotov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- “So'g'diyona” bilan o'yinga yaxshi tayyogarlik ko'rdik. Murabbiylarimiz puxta tayyorlashga urindi. Bahsning qanchalik ahamiyatli ekanligi barchaga malum. O'zingizga yaxshi malumki, safarda “Neftchi”ni mag'lub etib, so'ngra o'z uyimizda kutilmaganda “Buxoro”ga imkoniyatni boy bergandik. SHu bois bugungi bellashuvga astoydil hozirlik ko'rdik.
- Jizzaxliklarga qarshi qiyin va tomoshabop o'yin bo'ladi. Stadionga kelgan muxlislar zerikib qolmaydi. Raqib o'z uyida kuchli o'yin namoyish etadi. Nasib qilsa bugun ulardan mazmunliroq o'ynab, g'alaba qozonmoqchimiz.
- Ha, yaxshi eslayman o'tgan yili Jizzaxdan uch ochko bilan qaytgandik. Joriy mavsum ham ushbu yoqimli odimni davom ettiramiz degan umiddaman – deydi Bekmurotov.
“Andijon” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar