So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Farhod Bekmurotov: "Qo'qon-1912"da o'sishga erishdim. "Metallurg" esa 3 yildan beri taklif qiladi" Yangiliklar

Farhod Bekmurotov: "Qo'qon-1912"da o'sishga erishdim. "Metallurg" esa 3 yildan beri taklif qiladi"

Intervyu vaqti.

Qishki transfer oynasi vaqtida "Qo'qon-1912"dan "Metallurg"ga ko'chib o'tgan yarim himoyachi Farhod Bekmurotovni suhbatga chorladik. Bir qator klublardan takliflar olgan futbolchi yakunda bekobodliklar safiga borib qo'shildi. 

- Qo'qondagi bir mavsumlik faoliyatingizni qanday baholaysiz? O'zingizni qay darajada ko'rsata oldim, deb o'ylaysiz?

- Yaxshi ham emas, yomon ham emas. Qo'qondagi faoliyatimni o'rtacha baholayman. Albatta bu mening fikrim. CHetdan o'yinimni ko'rganlar munosib bahoni berishadi. Yaxshi harakat qilgan, o'yinim o'xshamagan paytlarim bo'ldi. Jamoadoshlarimning hisobiga ko'p xatolarim ko'rinmadi. Ular bilan bir jamoada o'ynaganimdan xursandman. 

- "Andijon"dan ketganingizdan so'ng "Qo'qon-1912"ga yanada o'sishga erishish uchun o'tdim, degan edingiz. Mazkur fikrlaringiz qanchalik to'g'ri bo'lib chiqdi?

- 2021 yilda anchagina o'sdim, deb o'ylayman. O'zimga bo'lgan ishonchim ortdi. "Qo'qon-1912"ga o'tib adashmadim. Rahbariyat oldimizga qo'ygan vazifani bajarishga qo'ldan kelgancha harakat qildik. To'g'ri o'z maydonimizdagi uchrashuvlarda ko'p ochkolar yo'qodik. Ammo so'nggi 5ta turni ko'tarinki ruhda o'tkazdik. Ikkinchi davrada o'z maydonimizda "Paxtakor", "Lokomotiv"ni mag'lub etdik. AGMK bilan mardonavor durang qayd etdik. Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Mavsumning o'rtasida belimdagi muammolar sabab bir nechta uchrashuvlani o'tkazib yubordim. Yuz foiz to'liq tuzalib olganimdan so'ng maydonga qaytishni lozim topdim. 

- Oldingizda "Lokomotiv" tanlovi ham bor edi. "Metallurg"dan taklif qachon kelib tushdi?

- To'g'ri boshqa jamoalardan ham takliflar oldim. Xudo rizqimizni qaerga yozgan bo'lsa, o'sha joyda to'p tepamiz. Ochig'ini aytsam, "Metallurg" 3 yildan beri taklif yuboradi. O'shanda nasib qilmagan ekan. Mana endi Bekobodda o'ynayman. 

- "Metallurg"ning yarim himoyasida tajribali va nomdor ijrochilar yig'ilmoqda...

- Bu juda yaxshi. Raqobatdan cho'chimayman. Kim kuchli va tayyor bo'lsa, o'sha maydonga chiqadi. 

- Jamoada qaysi raqamni tanladingiz va nima uchun?

- Bilasiz oldindan 8-raqamda to'p tepib kelaman. "Metallurg"da esa Salamat aka o'ynaydilar. SHu bois tug'ilgan yilim 94ni tanladim. 

- Sobiq jamoangiz "Andijon" ortga qaytarmoqchi bo'lgan ekanligi rostmi?

- "Andijon"ga befarq emasman. Bunday muxlislarga ega jamoaga Pro ligada, Superligada oxirgi o'rinlarda yurish yarashmaydi. Nasib qilsa, shu yilning o'zida elitaga qaytadi. Boisi rahbariyat ko'p ishlarni amalga oshirmoqda. Ularga ishonaman. Ha, taklif qilishdi. Jurat aka bilan gaplashdim. Ikkimiz sharoitimizni aytdik. Viktor Kumikov bilan maslahatlashib javobini aytaman, dedilar. SHundan keyin "Andijon"ga o'tish o'xshamadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика