Farg'onada “S” sertifikati uchun o'quv kursi boshlandi
19 dek 2017 07:59
Yangiliklar
Farg'onada “S” sertifikati uchun o'quv kursi boshlandi
Mamlakatimizda futbol murabbiylarining bilim va tajribalarini zamonaviy talablar darajasiga ko'tarish, ularni tegishli licenziyalarga ega bo'lishini taminlash maqsadida viloyatlarda tashkil etilayotgan o'quv kurslari BO'SMda ishlashni istayotgan murabbiylarga qator qulayliklar yaratmoqda.
Farg'onada shahrida Osiyo futbol konfederaciyasining “S” xalqaro sertifikati uchun navbatdagi o'quv-mashg'ulot kursi boshlandi. Joriy yilning 18-24 dekabr kunlari bo'lib o'tadigan o'quv-mashg'ulot kursi 23 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.
O'z navbatida OFK instruktori Zoir Hasanov bir hafta mobaynida farg'onalik yosh murabbiylarga nazariy va amaliy mashg'ulotlar bo'yicha saboq beradi. Unga viloyat futbol federaciyasi mutaxassisi SHerzod Zokirov koordinator sifatida yordamlashadi.
O'quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan murabbiylar Osiyo futbol konfederaciyasining “S” xalqaro sertifikatini qo'lga kiritishadi.
Abror Dehqonov
Fikrlar