So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  5 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  2 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  55 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  256

Farg'onada "CHarm to'p" ananaviy futbol musobaqasi viloyat bosqichi yarim final o'yinlari o'tkazildi Yangiliklar

Farg'onada "CHarm to'p" ananaviy futbol musobaqasi viloyat bosqichi yarim final o'yinlari o'tkazildi

Teglar :  CHarm to'p
Mamlakatimizda yosh avlodni sportga jalb etish, ularni har tomonlama sog'lom etib tarbiyalash borasida bir qator ijobiy islohotlar olib borilmoqda.

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol associaciyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida mahallalar yoshlari, xususan, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan havaskor futbolchilardan tashkil topgan jamoalar o'rtasida o'tkazilayotgan “CHarm to'p” ananaviy respublika futbol musobaqasining tashkil etilganligi yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol dalilidir.

Jumladan bugun Farg'ona shahar futbol akademiyasi maydonida ananaviy "CHarm to'p" futbol musobaqasining viloyat bosqichi yarim final uchrashuvi o'tkazildi. Mazkur futbol uchrashuvidan oldin Farg'ona viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Farg'ona viloyati futbol associaciyasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida marosim tashkil etildi. Uchrashuvdan oldin Farg'onaning "Neftchi" jamoasining sobiq va faxriy futbolchilari Mansur Saidov, G'ayrat Hasanov, Anvar Berdiev, Baxtiyor Yoqubov va Otabek Zokirovlar ishtirokida yosh futbolchilarga master-klass o'tkazib berildi.

SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida "CHarm to'p" ananaviy futbol musobaqasining viloyat bosqichi yarim final uchrashuvlariga start berildi. Yarim finalning dastlabki uchrashuvida Marg'ilon shahrining "Bahrin" mahallasi jamoasi hamda Qo'shtepa tumani jamoasi vakillari o'zaro to'qnash keldilar. Uchrashuv murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Maydonda haqiqiy professionallar kabi harakat qilgan har ikki jamoa futbolchilarida vatanparvarlik shukuhi ufurib turardi. Uchrashuvda dastlab hisobni Qo'shtepa tumani jamoasi vakillari ochishdi. O'yinni boshqarib borayotgan bosh hakam Marg'ilon shahrining "Bahrin" mahallasi futbolchilari o'z jarima maydonlari ichida raqibga nisbatan qo'pollik ishlatishdi deb topdi va marg'ilonliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalangan xolda Qo'shtepa tumani jamoasi vakillari penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvda hisobni ochishdi - 1:0.

O'tkazib yuborilgan goldan so'ng Marg'ilon shahri jamoasi vakillari hujumkorlikni oshirdilar. Bir necha bor yaratilgan xavfli vaziyatlar, jarima zarbalari ancha vaqtgacha naf keltirmadi. Nihoyat ketma-ket tashkil etilgan hujumlar o'z samarasini berib, marg'ilonliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldilar. Bu vaziyatda qanotdan etkazib berilgan to'pni marg'ilonliklar futbolchisi bosh bilan Qo'shtepa tumani jamoasi darvozasiga gol kiritdi - 1:1

Uchrashuv so'ngiga qadar har ikki jamoa vakillarida raqib darvozasiga gol kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, o'yinda boshqa hisob o'zgarmadi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, uchrashuv g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi. SHiddatli kechgan futbol lotereyasida Marg'ilon shahar "Bahrin" jamoasi vakillari g'alaba qozonib, final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

Umuman olganda, Farg'ona viloyatida "CHarm to'p" ananaviy futbol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi bugun soat 17:00 da Farg'ona shahar futbol akademiyasi maydonida o'tkaziladi.



Bekzod Tolibov, Farg'onadan maxsus



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика