So’nggi yangiliklar

21:25Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  2 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  7 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0

"Farg'ona viloyati hokimi kubogi". Ettinchi kun Yangiliklar

"Farg'ona viloyati hokimi kubogi". Ettinchi kun

Mana hash-pash deguncha “Viloyat hokim kubogi-2018” turnirining ettinchi kuni ham ortda qoldi. Kecha muxlislar “A” guruhidagi o'yinlardan bahramand bo'lishdi.


“ISTIQLOL”NING QIYIN G'ALABASI

Usmon Asqaraliev shogirdlari “Cementchi” bilan maydonga tushib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Umuman olganda, Pro-liga ishtirokchisi turnirda yaxshi qatnashioqda. “Istiqlol” o'tgan yili “Viloyat hokim kubogi-2017”ning finaliga qadar etib boraganini unutmaslik lozim.

 
“Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
4-tur
“Istiqlol” – “Cementchi” – 2:0

 

NURSIZ DURANG  

Guruhning hal qiluvchi o'yinlardan biri – “Qo'qon-1912” – “Mashal” uchrashuvi kutilganidek, shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Har ikki jamoa vakillari o'yin davomida hujumkor o'yin namoyish etishdi. Biroq muxlislarga gol ko'rish nasib etmadi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Muhammadanas Hasanovning kuchli zarbasi darvoza tusiniga tegib qaytdi.

87-daqiqada Bahodir Pardaev juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Hujumchimiz raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. Uning birinchi zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pga egalik qilgan Pardaev ikinchi zarbasida ham darvozani ishg'ol eta olmadi.

 
“Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
4-tur
“Qo'qon-1912” – “Mashal”  – 0:0
Hakamlar
: Olim To'ychiboev, Ravshan Kapadze, SHoxrux Azamov.
“Qo'qon-1912”: 1. O'tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov (25. Iqbol Malikjonov-69), 9. Nosir Otaqo'ziev (17. Igor Taran-69), 18. Bahodir Pardaev, 19. Suhrob Berdiev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 27. Davron Hoshimov, 70. Quvondiq Ro'ziev, 77. Murod Xolmuhammedov, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Oybek Rustamov.
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullaev, 8. Sobir Hamidov, 14. Doniyor Hasanov, 98. Oybek Mirzohidov.
“Mashal”: 35. Javohir Ilyasov, 2. Iskandar SHoyqulov, 3. Sardor Rahmonov, 6. Sardor Abduraimov, 8. Mirzakamol Kamolov, 9. Jaloliddin Ubaydullaev, 10. Xumoyun Murtazoev (20. Sanjar Zokirov-15), 23. Akram Bahriddinov, 27. Nikita Pavlenko, 44. Asil Begimqulov, 96. Ahrol Inoyatov.
Zaxira: 30. Botir Nosirov, 11. Abbos SHodmonov, 19. Milan Spremo, 22. Bobur Qosimov, 31. Muhsin Ubaydullaev, 77. Abdullox Olimov.

 

GOLLAR SHOUSI

3 fevral kuni o'tkazilgan so'nggi uchrashuv esa haqiqiy gollar shousiga aylanib ketdi. “Neftchi” jamoasi Qirg'izistonning “O'sh” jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik 7:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yinda Abdul Aziz Yusupov, Anvar Berdiev, Abbos Maxstaliev, Davron Isaqovlar bittadan gol kiritishgan bo'lsa Amirjon Safarov dubl qayd etdi. Yana bir gol qirg'izistonlik futbolchilar tomonidan avtogol sifatida kiritildi.
 

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
4-tur
“Neftchi” -“O'sh” 7:0
Gollar: 
Abdul Aziz Yusupov, Anvar Berdiev, Amirjon Safarov(2), (avtogol), Abbos Maxsitaliev, Davron Isoqov.
“Neftchi”: 1. Vitaliy Mirniy, 35. Davron Mamatov, 3. SHukur Po'latov, 20. Alisher Samatov, 44. Jasur Azimov, 24. Abdujamol Isroilov, 77. Muxammadjon Isaev, 33. Ilxom Yunusov, 88. Abbos Maxstaliev, 10.  Anvar Berdiev, 37. Amirjon Safarov
Zaxira: 35. Farrux Turdaliev, 21. Iqbol Boboxonov, 23. Abdul Aziz Yusupov, 17. Sunnatilla Ermatov, 82. Zoxir Qo'ziboev, 19. Otabek Axmadjonov, 9. Davron Isoqov.

4-turdan keyingi vaziyat


1

Neftchi

4

3

1

0

14

2

+12

10

2

Qo'qon-1912

4

2

1

1

7

3

+4

7

3

Istiqlol

4

2

1

1

5

2

+3

7

4

Mashal

4

1

3

0

6

2

+4

6

5

Cementchi

4

1

0

3

3

12

-9

3

6

O'sh

4

0

0

4

1

15

-14

0


“NEFTCHI”DA YANGILAR

“Neftchi” jamoasi safiga yangi futbolchilar kelshi davom etmoqda. Kechagi o'yinda  Farg'ona jamoasi tarkibiga yangi legioner darvozabon kelib qo'shildi. 25 yoshli ukrainalik Vitaliy Mirniy  jamoa ko'rigida bo'lib turibdi. “O'sh” jamoasiga qarshi bahsda xorijlik darvozabon “Neftchi” sharafini himoya qildi va bir qator seyvlarni namoyish etib o'zida yaxshi taassurot qoldirdi.
 

BUGUN O'YINBOSARLARIMIZ MAYDONGA TUSHADI


Bugun Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari guruhdagi so'nggi uchrashuvlarini o'tkazishadi. Vakillarimizga “Andijon” jamoasi raqiblik qiladi.


BUGUNGI O'YINLAR ANONSI:

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“B” guruhi
4-tur
4 fevral

Yozyovon lochinlari – Toshloq           Neftchi SK stadioni soat 11:00
Navbahor – Neftchi-2                      Neftchi SK stadioni soat 15:00
O'z Tong Kong Xo dam oladi

“S” guruhi
4-tur
4 fevral (yakshanba)

Qo'qon-1912 -2 – Andijon   FarDu stadioni soat 11:00
Iftixor –  Turon   FarDu stadioni soat 15:00
Zomin dam oladi.



Abror DEHQONOV.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика