So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

“Farg'ona viloyati hokim kubogi-2018” kundaligi: Uchinchi kun Yangiliklar

“Farg'ona viloyati hokim kubogi-2018” kundaligi: Uchinchi kun

Farg'onada davom etayotgan musobaqa o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Kecha “A” guruhida navbatdagi ikkinchi tur o'yinlari o'tkazildi. Birinchi turdan farqli ravishda bu tur gollarga boy bo'ldi.


HUJUMCHILAR GOL URGAN O'YIN

Birinchi turda mag'lubiyatga uchragan “Qo'qon-1912” jamoasi ikkinchi turda raqibini ayab o'tirmadi. “Cementchi”ga qarshi maydonga tushgan No'mon Hasanov shogirdlari quvasoyliklar darvozasiga beshta to'p kiritishdi. Barcha gollar hujum chizig'i vakillari hisobiga yozildi. Gollarning ikkitasiga Bahodir Pardaev mualliflik qilgan bo'lsa, kecha tug'ilgan kunini nishonlagan Nosir Otaqo'ziev ham raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Bundan tashqari, Igor Taran va serbiyalik hujumchi Nenad Lukichlar ham to'p kiritishga muvaffaq bo'lishdi.


“Viloyat Hokim Kubogi-2018”
“A” guruhi
2-tur
“Qo'qon-1912”  – “Cementchi” – 5:1 (3:0)
Hakamlar:
Olim To'ychiboev, Ravshan Kapadze, SHoxrux Azamov.
Nazoratchi: A. O'rinov.
Gollar: 
Bahodir Pardaev – 28, 37, Nosir Otaqo'ziev – 42, Igor Taran-75, Nenad Lukich-83.  –  Jamshid To'raqulov-55.
«Qo'qon-1912»: 12. O'tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov (14. Doniyor Hasanov-46), 7. Jamshid Hasanov (23. Aleksandr Merzlyakov-70), 9. Nosir Otaqo'ziev (17. Igor Taran-70), 18. Bahodir Pardaev (11. Nenad Lukich-46), 19. Suhrob Berdiev (8. Sobir Hamidov-70), 77.Murod Holmuhammedov, 26. Akmal Xolmurodov (5. Jalil Kimsanov-46), 27. Davron Hoshimov, 70. Quvondiq Ro'ziev, 96. Muhammadanas Hasanov.
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullaev.
«Cementchi»: 80. SHuhrat Rahmonov, 2. Bobur Isroilov 4. Zafar Isroilov, 5. Elbek Qoraboev,  7 . SHoxruh Murodov, 8. Aziz Fozilov, 10. Mamatvali Nuriddinov, 13. Jamshid Qobilov,15. Nozim Bobojonov, 18. Jamshid To'raqulov, 19. Elamon Karimov.
Zaxira: 1. Nodir Muhammadjonov, 6. Rustam Solijonov, 9. Abduqodir  Artiqov, 14. Ilhom  Vahobov, 22. Jahongir Ikromov,  23. SHerzod Sohibjonov,  27. Doston Rashidov.

 

“ISTIQLOL” GURUH PESHQADAMI

Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi ushbu turda muhim g'alabaga erishdi. Usmon Asqaraliev shogirdlari  Qirg'izistonning “O'sh” jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Mazkur g'alabadan keyin “Istiqlol” to'plar nisbatiga ko'ra guruh peshqadamiga aylandi.

Ushbu bahsda farg'onaliklar safida 2011 yilda Meksikada o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati qahramonlaridan biri Davlatbek Yorbekov maydonga tushdi.

SHuningdek, “Neftchi” jamoasining sobiq azosi Rizo Ayvazov ham “Istiqlol” lagerida paydo bo'ldi.


 “Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
2-tur
“Istiqlol” – “O'sh”  – 2:0
“Istiqlol”:
N. Ashurmatov, A. Madaliev, Q. Muhammadjonov, D. Yorbekov, B. Aminjonov, X. Xoliqov, A. Fayzullaev, A. Jo'raboev, A. Xojimirzaev, H. SHokirov.
Zaxira:  A. Rahimzoda, S. Asqaraliev, R. Abduhamidov, R. Ayvazov, A. Berdiev.
 


JANOVOR DURANG

Kutilganidek  “Neftchi” – “Mashal” o'yini ham musobaqaning bezagiga aylandi. Kirgulida bo'lib o'tgan uchrashuv shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi.

Birinchi bo'lib “Neftchi” futbolchisi Abdulaziz Yusupov hisobni ochdi. Lekin ko'p vaqt o'tmay, muborakliklar muvozanatni tiklashdi. Xumoyun Murtazoev farg'onaliklar darvozasiga yo'l topa oldi.

Ushbu o'yinga tashrif buyurgan ko'plab muxlislar ajoyib bahsga guvoh bo'lishdi.



“Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
2-tur
 “Neftchi” – “Mashal” 1:1 (0:0)
Gol:
Abdulaziz Yusupov. – Humoyun Murtozoev.
“Neftchi”: 35. Farruh Turdaliev, 88. Abbos Maxstaliev, 87. Avazbek O'lmasaliev, 35. Davron Mamatov, 33. Ilhom Yunusov, 20. Alisher Samatov, 17. Sunnatillo  Ermatov, 23. Abdurahmon Abdulhaqov, 10. Abdulaziz Yusupov, 9. Temur Usmonov, 3. SHukurali Po'latov
Zaxira: 1. Akmal Ortiqov, 77. Islom Karimov, 70. Mirjamol Nematov, 94. Davron Isaqov, 24. Otabek Ahmadjonov, 19. Javohir Rasulov, 34. Iqbol Boboxonov
“Mashal”: 35. Javohir Ilyosov, 2. Iskandar SHaykulov, 3. Sardor Rahmonov, 8. Mirzakamol Kamolov, 10. Xumoyun Murtazoev, 16. Maradona Safarov, 22. Bobur Qosimov, 23. Akram Bahriddinov, 31. Dmitriy Bashlay, 77. Jamoliddin Ubaydullaev, 96. Axror Inoyatov
Zaxira: 30. Botir Nosirov, 6. Sardor Abduraimov, 13. Sanjar Zokirov, 18. SHohjahon Qilichov, 19. Milan Spremo, 25. Mo'min Meliev, 55. Jalil Asani.

 

2-turdan keyingi vaziyat

Istiqlol

2

1

1

0

2-0

4

Neftchi

2

1

1

0

2-1

4

Qo'qon-1912

2

1

0

1

5-2

3

Cementchi

2

1

0

1

2-5

3

Mashal

2

0

2

0

1-1

2

O'sh

2

0

0

2

0-3

0


 

O'RINBOSARLARIMIZ IKKINCHI O'YINNI O'TKAZISHADI

Bugun “B” va “S” guruhilarida 2-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi o'rinbosarlarimiz bugun “Zomin” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv soat 11:00da Farg'ona davlat universitetiga qarashli sport majmuasi (FarDU) stadionida bo'lib o'tadi.

 
ANONS
“B” guruhi
2-tur
31 yanvar (chorshanba)

Toshloq – Neftchi-2    Neftchi SK stadioni soat  11:00
O'z Tong Kong Xo – Yozyovon lochinlari   Neftchi SK stadioni soat 15:00
Navbahor dam oladi.

“S” guruhi
2-tur
31 yanvar (chorshanba)

Zomin – Qo'qon-1912 -2   FarDu stadioni soat 11:00
Turon – Andijon    FarDu stadioni soat 15:00
Iftixor dam oladi.

 

Abror DEHQONOV

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика