So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

“Farg'ona viloyati hokim kubogi-2018” kundaligi: Oltinchi kun Yangiliklar

“Farg'ona viloyati hokim kubogi-2018” kundaligi: Oltinchi kun

Xalqaro musobaqaning navbatdagi kuni ham gollarga boy bo'ldi. Umuman olganda, turnir yuqori saviyada o'tmoqda. B

Bu esa yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoalar uchun ayni muddao bo'lmoqda. Kecha “B” va “S” guruhlarida 3-tur bahslari bo'lib o'tdi. Quyida ushbu uchrashuvlar haqida to'xtalib o'tamiz.

ORIF MAMATKAZIN SHOGIRDLARIDAN YIRIK G'ALABA

Andijonning “O'z Tong Kong Xo” jamoasini tajribali mutaxassis Orif Mamatkazin boshqarib bormoqda. Ushbu jamoa musobaqada yaxshi ishtirok etmoqda. Kecha Mamatkazin shogirdlari “Neftchi-2”ga qarshi maydonga tushib, yirik 6:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Bu esa andijonliklarni guruh peshqadamiga aylantirdi.

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“B” guruhi
3-tur

“Neftchi-2” – “O'z Tong Kong Xo” – 1:6

“TOSHLOQ” MAG'LUB BO'LDI

Oldingi ikkita turda g'alaba qozonib, guruh g'olibligiga asosiy davogar bo'lib turgan “Toshloq” jamoasi uchinich turda mag'lubiyatga uchradi. “Navbahor”ga qarshi o'yinda maydonda ikki kishi kam bo'lib qolgan toshloqliklar 1:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berishdi.


“Viloyat hokim kubogi-2018”
“B” guruhi
3-tur
“Navbahor” – “Toshloq” – 2:1
“Navbahor”:
M. Mamatxonov, X. Yunusov, A. G'ulomov, M. Abdullaev, R. Velikanov, B. Toshmirzaev, A. Rashidxonov, YU. Abduvohidov, I. Siddiqjonov, SH. Hamidov, A. Turg'unboev.
Zaxira: I. Obidjonov, J. Olimjonov, A. Alijonov, S. Mamatxonov, I. Abduarimov, Umaraliev, M. SHamsiddinov.
“Toshloq”: G'ani Qobiljonov, Lochin Isroilov, Jahongir Yusubjonov, Jahongir Abdujalilov, Mirkomil Asqaraliev, Xayrullo Qazoqov, Salohiddin Ortiqov, Sardor Soipov, Zafar Tursunov, Abror Hamidxo'jaev, Doston Tursunzoda.
Zaxira: Ulug'bek Abdurahmonov, Jalol Dadajonov, Abdulla Mirzaev, G'ayrat Sultonov, Jasur Xolmatov, Asil Mo'ydinov, Ahror SHaripov.

3-turdan keyingi holat:

1

O'z Tong Kong Xo

3

2

0

1

9

4

+5

6

2

Toshloq

3

2

0

1

4

3

+1

6

3

Navbahor

2

1

1

0

6

5

+1

4

4

Yozyovon lochinlari

2

0

1

1

5

6

-1

1

5

Neftchi-2

2

0

0

2

1

7

-6

0



“ZOMIN”DAN ILK G'ALABA

“S” guruhida o'tkazilgan “Zomin” – “Andijon” uchrashuvida Jizzax viloyati vakili 2:1 hisobida zafar quchdi. Bundan oldingi ikkita uchrashuvda zominliklar mag'lubiyatga uchrashgan edi. Nihoyat uchinchi turga kelib, “Zomin” uch ochko egasiga aylandi. “Andijon” esa ikkinchi o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi.

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“S” guruhi
3-tur
“Andijon” – “Zomin” – 1:2



SO'NGGI DAQIQADAGI MAG'LUBIYAT

Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari xalqaro musobaqasidagi uchinchi uchrashuvlarini o'tkazishdi. Bungacha guruhda g'oliblik uchun davogar sanalgan o'rinbosarlarimiz asosiy raqiblariga yutqazib qo'yishdi.

Mazkur uchrashuvda ham oldingi o'yinlar kabi hisob penaltidan keyin ochildi.

O'rinbosarlarimizning oldingi ikkita o'yinida ham hisob ochuvchi gol penaltidan kiritilgan edi. Bu safar ham hisob penaltidan kiritilgan gol evaziga ochildi.

Ikkinchi bo'limda vakillarimiz muvozanatni tiklashdi. Lekin so'nggi daqiqada o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lubiyatga uchradik.

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“S” guruhi
3-tur
“Qo'qon-1912-2” – “Iftixor” – 1:2 (0:1)
Hakamlar:
Olim To'ychiboev, Ravshan Kapadze, SHoxrux Azamov.
Nazoratchi: Vladimir Kasaev.
Gollar: Doniyor To'lashev – 66. – Otabek Haydarov – 19 (pen), Jasur Quvvataliev – 89.
“Qo'qon-1912”: 30. Islom Abdullaev, 5. Doniyor To'lashev, 6. Dilshod Baratov, 7. Sardor Isaqov, 9. Ramz Isaqov, 10. Ibrohim Muxtorov, 15. Ibrohim Ahmadjonov, 19. Doston Meliqo'ziev, 20. Mo'min Sodiqjjonov, 26. Ismoil Tolipov, 29. Iqbol Malikjonov.
Zaxira: 1. Muhammadali Sobirov, 25. SHohjahon Qosimjonov, 28. Baxtiyor Abdubannonov, 31. SHukur Mo'minov, 70. Ibrohim Usmonov, 75. Mamur Rahimov, 90. Rustem Asanov.
“Iftixor” 35. Muhiddin Ahmedov, 4. Tursunboy Husanov, 5. Oybek Ahmatov, 6. Doniyor Turdiqulov, 7. Oyatillo Muhiddinov, 9. Asadbek Mamurov, 11. Otabek Haydarov, 13. Hasanboy Ergashev, 14. Muhiddin Yusupov, 15. Karim Mamadaliev, 17. Said Abdujjaborov.
Zaxira: 16. Xurshid Muhammadjonov, 3. Ozod Komilov, 8. Abubakir Abdullaev, 10. Farrux Axunov, 19. Jasur Quvvataliev, 18. SHerdor Turonov, 20. Islom Hoshimov.

3-turdan keyingi holat:

1

Qo'qon-1912-2

3

2

0

1

6

4

+2

6

2

Iftixor

2

2

0

0

4

2

+2

6

3

Turon

2

1

0

1

3

2

+1

3

4

Zomin

3

1

0

2

4

6

-2

3

5

Andijon

2

0

0

2

1

4

-3

0


BUGUN “MASH'AL” BILAN O'YIN

Bugun turnirda yana bir markaziy o'yin guvohiga aylanamiz. “Qo'qon-1912” asosiy jamoasi Muborakning “Mashal” klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv soat 15:00da “FarDU” stadionida boshlanadi.

Bugungi uchrashuvlardan yana biri – “Neftchi” – “O'sh” bahsiga bo'lgan qiziqish ham juda yuqori.


BUGUNGI UCHRASHUVLAR ANONSI

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
4-tur
3 fevral (shanba)

Cementchi – Istiqlol    FarDU stadioni  soat 11:00
Qo'qon-1912 – Mashal   FarDU stadioni  soat 15:00
Neftchi – O'sh   Neftchi SK    soat 15:00

 

3-turdan keyingi holat

1

Neftchi

3

2

1

0

7

2

+5

7

2

Qo'qon-1912

3

2

0

1

7

3

+4

6

3

Mashal

3

1

2

0

6

2

+4

5

4

Istiqlol

3

1

1

1

3

2

+1

4

5

Cementchi

3

1

0

2

3

10

-7

3

6

O'sh

3

0

0

3

1

8

-7

0



Abror Dehqonov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика