So’nggi yangiliklar

21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"на ёрдам бера оладими?  0 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  17 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  0 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  4 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  40 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Farg'ona hokim kubogi. “Cementchi” - uchinchi o'rin sohibi Yangiliklar

Farg'ona hokim kubogi. “Cementchi” - uchinchi o'rin sohibi

Farg'ona shahrida o'tkazilgan hokim kubogi turniri bugun yakuniga etadi.
“A” va “V” guruhida 2-o'rinni egallagan jamoalar musobaqa reglamentiga ko'ra, 3-o'rin uchun kurash olib bordi.

Birinchi liga debyutantlari “Yozyovon-lochinlari” va “Cementchi” jamoalari o'rtasida kechgan bahs kutilganidek qizqarli va murosasiz ruh ostida o'tdi.

Teng kurashlar ostida o'tgan baxsda birinchi liga toifasida tajribali o'yinchilarga ega bo'lgan quvasoyliklar zafar quchdi. Garchi yozyovonliklar tarkibi asosan mahalliy yoshlardan tashkil topgan bo'lsada, ular osonlikcha mag'lub bo'lishni istamadi va butun o'yin davomida raqibini sarosimada ushlab turdi.

O'yinda ilk golni “Yozyovon-lochinlari” futbolchisi urgani ham so'zimizga isbot bo'lsa ajab emas. Zohid Ismoilov 36-daqiqada imkoniyatdan unumli foydalandi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, SHarif Mirzaev jarima maydonida yuza kelgan pala-partishlikni gol bilan yakunladi. Bundan ruhlangan “Cementchi” futbolchilari ikki daqiqa o'tar-o'tmas hisobda oldinga chiqib oldi. CHap qanot yarim himoyasida tezkor xarakatlari bilan ajralib turgan Rustam Abduhamidov aniq zarbasi bilan jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Tanaffus vaqtida murabbiylardan kerakli ko'rsatmalarni olgan har ikkala jamoa futbolchilari navbatma-navbat hujum uyushtira boshladi. Ikkinchi taymning 10-daqiqasi ortda qolayotganida Asliddin Soipov darvozabonning xatosini gol bilan yakunlab, “Cementchi”ning g'alabasini mustahkamlashga erishdi.

Uchrashuvda boshqa gol kuzatilmadi va shu tariqa Farg'ona hokim kubogi turnirida quvasoyliklar uchinchi o'rinni egalladi.

Bahs yakuniga etgach Farg'ona futbol federaciya vice-prezidenti Salimjon Zokirov “Cementchi” jamoasini diplom bilan taqdirladi.
 
Farg'ona hokim kubogi. 3-o'rin uchun
05.02.2015
“Yozyovon-lochinlari” – “Cementchi” 1:3
Qirguli. “Neftchi SK” stadioni.
Hakamlar
: Sanjar Rahmonov, Davron Mamatov, Davron Qurchiev, Javohir Hakimov.
Gollar: Zohid Ismoilov, 36. SHarif Mirzaev, 41. Rustam Abduhamidov, 43. Asliddin Soipov, 55.
“Yozyovon-lochinlari”: SHuhrat Sotvoldiev, Ulug'bek Olimov, Yoqubjon Ergashev, Jahongir Yusufjonov, Abror Ismoilov, Zohid Ismoilov, Vladislav Norov, Boymirza Abdullaev, SHahboz Abdurahmonov, Jo'rabek Sobirov, Bahrom Yusupov.
Zaxira: Doniyor Minavvarov, Anvar Umurzoqov, Amirxon Dilmurodov, Umid Hoshimov, Dilmuhammad Xudoyberdiev, Anvar Abdurahmonov, Qobil Ergashev.
“Cementchi”: SHerzod Abduraimov, Asliddin Soipov, Akmali Rahimzoda, Dilshod Eminov, Islom Hoshimov, Umid Boqiev, Umid Matmusaev, SHerdor Tursunov, Elyor Mamasoliev, Rustam Abduhamidov, SHarif Mirzaev.
Zaxira: Bahodir Yigitaliev, Jo'rabek Yoqubov, Mamur Qosimov, Elyor Akbarov, Xojimurod Nasriddinov, Ulug'bek Ismoiljonov, Azizxon Ibragimov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика