So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi mavsumoldi taqdimot marosimi o'tkazdi GALEREYA Yangiliklar

Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi mavsumoldi taqdimot marosimi o'tkazdi GALEREYA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli Farmonlari ijrosini taminlash maqsadida xududlarda yoshlarni sportga keng ko'lamda jalb etish, xususan futbol sport turining ommaviyligini oshirish borasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Yana bir necha kunlardan so'ng, aniqrog'i 3-iyun sanasidan Farg'onada futbol bo'yicha viloyat birinchiligi - Ikkinchi liga bahslariga start beriladi. SHu munosabat bilan bugun mazkur chempionat ishtirokchisi - Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi mavsumoldi rasmiy taqdimot marosimini o'tkazdi.

Taqdimot marosimida Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon SHermuhammadov, universitetning "Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Ikromjon Yuldashev, Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev va bir qator mutasaddi rahbar-xodimlar ishtirok etdilar. Joriy mavsumda o'z oldiga Ikkinchi liga g'olibligini maqsad qilib qo'ygan universitet jamoasining mavsumoldi taqdimot marosimi ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Marosim davomida so'zga chiqqanlar "FarDU" futbol klubiga mavsum davomida omad va g'alabali onlar yor bo'lishini, yakunda jamoaning viloyat birinchiligida g'olib bo'lgan xolda Birinchi liga musobaqalariga yo'llanmani qo'lga kiritishlariga tilak bildirdilar.

Bekzod Tolibov, Farg'ona shahridan Championat.asia uchun maxsus




Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика