Falkao va Peru futbolchisi Tapiya o'yin oxirida kelishib olishganmidi? VIDEO
12 okt 2017 08:32
Yangiliklar
Falkao va Peru futbolchisi Tapiya o'yin oxirida kelishib olishganmidi? VIDEO
Falkao durang ikkala jamoani qoniqtirishini aytganini tan oldi. Yakunda Koulmbiya Jahon chempionatiga, Peru esa pley-offga chiqdi.
Boshqa o'yinlarda nima bo'layotganini bilardik. Buni Peru futbolchilariga aytishga urindim, – deydi Falkao.
So'nggi besh daqiqada kolumbiyaliklar kelib boshqa o'yinlardagi natijalarni aytishdi. SHu tariqa, my ikkala jamoani qoniqtiruvchi natija bilan tugatdik...
Men Radamel bilan gaplashdim. U menga durang bo'lsa ikkalamiz chiqamiz dedi. Ammo bu futbol. G'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz, – deydi Tapiya.
Peru ustozi Rikardo Gareka esa o'yin kelishilganligi haqidagi mish mishlarni rad qildi.
Bizga g'alaba kerak edi, ularga ham Yana qanaqa kelishuv? Bu mish mish.
SHunchaki o'yin oxirida boshqa natijalardan xabardor edik va shunday dedim: Biroz tinchlaninglar, tavakkal qilish shart emas, – deydi Gareka.
Fikrlar